Saudiya Arabistoni eronlik 6 nafar jurnalistni deport qildi

Eron davlat televideniyesi xabar berishicha, Saudiya Arabistonidagi Haj vakolatxonasida ishlagan jurnalistlar kecha tunda deportatsiya qilingan.

2145892
Saudiya Arabistoni eronlik 6 nafar jurnalistni deport qildi

 

Saudiya Arabistoni Eron davlat televideniyesida ishlagan 6 nafar jurnalistni deportatsiya qildi.

Eron davlat televideniyesi xabar berishicha, Saudiya Arabistonidagi Haj vakolatxonasida ishlagan jurnalistlar kecha tunda deportatsiya qilingan.

Eron davlat televideniyesida ishlagan 4 nafar jurnalistning o‘tgan hafta Madinadagi Masjid an-Nabaviyda suratga olish paytida qo‘lga olingani va bir necha soatlik so‘roqdan so‘ng hibsxonaga olib ketilgani bildirildi.

Ikki kundan keyin Saudiya politsiyasi eronlik ziyoratchilar joylashgan mehmonxonada diniy marosimga qatnashmoqchi bo‘lgan ikki davlat televideniyesi muxbirini qo‘lga olgani xabar qilingan edi.

Eronning Saudiya Arabistonidagi Haj vakolatxonasi qoshida ishlagan Selim Gaffuri, Shefii Shulekar, Mehdi Mueyyidi, Mehdi Emiriy, Purya Süleymanzoda va Ali Riza Taban ismli jurnalistlar Saudiya hukumati qarori bilan kecha tunda deport qilindi.

Bugun ertalab Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga jo‘natilgan va u yerdan Eron poytaxti Tehronga yetib borgan muxbirlarni Eron Radio va Televideniye Instituti (IRIB) prezidenti Peyman Jebelli kutib olgan.

U jurnalistlarning hibsga olinishi va deportatsiya qilinishi sabablari haqida ma'lumot berilmaganini aytdi.

Jebelli shuningdek, bu masala bo'yicha sudga murojaat qilishini bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #Eron , #Saudiya Arabistoni

Aloqador xabarlar