Isroil va Xamas o‘rtasidagi otashkesim natijasida yana mahbuslar almashildi

Otashkesim kelishuvi doirasida bugungacha G‘azo sektoridan isrollik 61 mahbus, Isroil qamoqxonalaridan esa falastinlik 180 mahbus ozod etildi.

2070295
Isroil va Xamas o‘rtasidagi otashkesim natijasida yana mahbuslar almashildi

Isroil va Xamas o‘rtasida kuchga kirgan vaqtinchalik otashkesimning bugun oltinchi kuni.

Kecha kechqurun blokada ostidagi G‘azo sektoridagi isroillik 10 nafar mahbus, Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi rasmiylariga topshirildi. Buning evaziga Isroil qamoqxonalaridagi ayollar va yosh bolalardan iborat 30 nafar falastinlik mahbus ozod etildi.

Joriy yilning 24 – noyabri haftaning juma kuni, Turkiya vaqti bilan soat 08:00 da kuchga kirgan otashkesim kelishuvi doirasida bugungacha G‘azo sektoridan isrollik 61 mahbus, Isroil qamoqxonalaridan esa falastinlik 180 mahbus ozod etildi.

Eslatib o‘tamiz:

Xamasning Qurolli qanoti Izzaddin al - Qassam brigadalari Isroilning falastinliklar bilan ularning muqaddas qadriyatlari, xususan, Al - Aqso jome’ masjidiga qarshi uzluksiz ziyon yetkazishiga javoban 7 - oktabr haftaning shanba kuni ertalab keng ko‘lamli hujum uyushtirdi. Isroil armiyasi ham G‘azo sektoriga qarshi havodan kuchli bomba tashlay boshladi.

Avj olgan taranglik yuzasidan har ikki tomonda ham minglab qurbonlar qayd etildi.

 



Aloqador xabarlar