Rossiya Ukrainaga qarshi raketa hujumi uyushtirdi

Rossiya tomonidan Ukrainaning Odessa portiga qarshi uyushtirilgan raketa hujumi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, 32 kishi esa tan jarohati oldi.

2133818
Rossiya Ukrainaga qarshi raketa hujumi uyushtirdi

Rossiya tomonidan Ukrainaning Odessa portidagi «Garri Potter qal’asi» degan nom bilan tanilgan binoga qarshi raketa orqali hujum uyushtirildi. Oqibati esa, 4 kishi umriga zomin bo‘ldi.

Ukrainaning Favqulodda vaziyatlar xizmati (DSNS), Rossiya tomonidan kecha Ukrainaning Odessa portiga qarshi uyushtirilgan raketa hujumi oqibatida 4 kishi halok bo‘lgani va 32 kishi tan jarohati olganini ma’lum qildi.

Ukraina matbuotiga ko‘ra, hujum vaqtida sobiq deputat Sergey Kivalov ham binoda bo‘lgan.

Binoda, Kivalov rahbarligidagi Odessa yuridik akademiyasi joylashgan.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Ukraina , #raketa hujumi

Aloqador xabarlar