Isroil armiyasi G‘azo shahrini to‘liq qurshab olganini ma’lum qildi

Isroil armiyasi blokadadagi G‘azo sektorini ikkiga bo‘lib, G‘azo shahrini to‘liq qurshab olganini ma’lum qildi.Armiya voizi Daniel Hagariy matbuot anjumanida G'azoga uyushtirilgan hujumlar haqida bayonot berdi.

2060758
Isroil armiyasi G‘azo shahrini to‘liq qurshab olganini ma’lum qildi

 

Isroil armiyasi blokadadagi G‘azo sektorini ikkiga bo‘lib, G‘azo shahrini to‘liq qurshab olganini ma’lum qildi.

Armiya voizi Daniel Hagariy matbuot anjumanida G'azoga uyushtirilgan hujumlar haqida bayonot berdi.

Isroil kuchlarining G'azo shahrini to'liq qurshab olganini va G'azo sektorini ikkiga bo'lganini ifoda etgan Hagariy, "Bugun G'azoning shimoli va G'azoning janubi bor" deb o'z bahosini berdi.

Hagariy, G'azo shimolidagi Falastinlik tinch aholining janubga o'tishiga ham ruxsat berishlarini bildirdi.

G'azoga qilingan hujumlar haqidagi savolga javob bergan Hagariy, Isroil kuchlarining mintaqada keng ko'lamli hujumlar uyushtirganini qayd etdi.

Isroil Bosh shtab rahbari Gerzi Halevi ham Livan bilan chegara chizig'i bo'lgan shimolda hujum uyushtirishga tayyor ekanliklarini va bu sodir bo'lishi mumkinligini izohladi.

Hamasning harbiy qanoti Qassam Brigadalari 7 oktabr kuni Isroilga qarshi "Aqsa to'foni" deb nomlangan keng qamrovli hujum uyushtirganini e'lon qilgan edi.

Bunga javoban Isroil armiyasi jangovar samolyotlar bilan G‘azo sektoriga qarshi “Temir qilichlar” operatsiyasini boshlaganini ma’lum qilgan edi.

Tanglikning kuchayishi natijasida har ikki tomondan minglab qurbonlar bor.

8-oktabrdan beri Isroil armiyasi va Hizbulloh o‘rtasida vaqti-vaqti bilan o‘zaro hujumlar sodir bo‘lmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #qurshab oldi , #G'azo , #Isroil

Aloqador xabarlar