Isroilning G‘azoga qarshi uyushtirgan hujumlari davom etmoqda

Marıf: "G‘azoga qarshi 18 ming tonna bomba tashlandi. Bu raqam Xirosimaga tashlangan bombaning bir yarim barobardan ko‘pi".

2058282
Isroilning G‘azoga qarshi uyushtirgan hujumlari davom etmoqda

Isroil harbiy samolyotlari bilan artilleriyaning G‘azo sektorining barcha hududlarini tun bo‘yi bombardimon qilishi oqibatida ko‘plab jon berganlar qayd etildi.

Falastinning WAFA axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra G‘azoning markaziy qismlaridagi Zevayda mintaqasidagi Tibbiyot markazi yaqinidagi uyning nishonga olinishi oqibatida, aksariyati ayollar va bolalardan iborat 18 kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Misr chegarasiga yaqin joylashgan Rafah shahrida uyushtirilgan hujumda 18 kishi halok bo‘ldi.

Rafah shahridagi G‘arb qochqinlar lageri hududida istiqomat qiluvchi Hijoziy oilasining uyini nishonga olgan Isroil samolyotlaridan tashlangan bombalar, falastinlik 9 kishining o‘limiga va ko‘pchilikning tan jarohati olishiga yo‘l ochdi.

G‘azo shimolidagi bir uyning bombalanishi oqibatida ham 3 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 9 kishi esa tan jarohati oldi. Hayotdan ko‘z yumganlarning biri 6 yashar yosh bola ekani aniqlandi.

Bombardimon tufayli qulagan uy vayronalari ostida insonlar qolib ketgani ifoda etildi.

G‘azoning markaziy qismlaridagi Zaytun mahallasida bir uyning portlashi oqibatida 7 kishi hayotdan ko‘z yumdi, o‘nlab kishi tan jarohati oldi.

Isroil harbiy samolyotlari shaharning shimoli - g‘arbiy qismlarida joylashgan Atatra, Bayt Lahya va Bayt Xanun hududlarini ham bombaladı.

Rafah sharqi, Xon Yunis va al - Barij hududlari ham artilleriya otishlari orqali o‘qqa tutildi.

Rafah shahrining g‘arbidagi bir uy va Tel al - Hevada ko‘plab uylarning portlatilishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishi tan jarohati oldi.

Isroil armiyasi tomonidan berilgan bayonotda, oxirgi 24 soat ichida G‘azo bo‘ylab 300 ga yaqin nuqtaga zarba berilgani bildirildi.

Nishonga olingan joylar orasida, Hamasning harbiy qanoti Izzaddin al - Qassam brigadalariga oid harbiy nuqtalar asos olingani iddao qilindi.

Bayonotda, shuningdek, mintaqadagi quruqlik kuchlarining Qassam brigadalari a’zolari bilan to‘qnashayotgani qayd etildi.

Isroil samolyotlarining tun bo‘yi G‘azoning ko‘p joylari, ayniqsa, G‘azo sektoridagi shifoxonalar atrofidagi hududlarga zarba berishni davom ettirgani bildirildi.

WAFA tomonidan shifoxona manbalaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra G‘azo shimolidagi Indoneziya shifoxonasi, Falastin Qizil yarim oy jamiyati tomonidan boshqarilgan shaharning g‘arbidagi Quddus shifoxonasi, janubdagi G‘azo Yevropa shifoxonasi va Turkiya – Falastin Yevropa shifoxonasi bilan Turkiya – Falastin Do‘stlik shifoxonasi atrofidagi uylar Isroil samolyotlari tomonidan nishonga olindi.

G‘azo hukumati matbuot xizmati rahbari Salom Maruf, matbuot anjumanida Isroilning G‘azodagi hujumlari natijasida yuzaga kelgan vayronalar haqida ma’lumot berdi.

Ishg‘ol kuchlarining G‘azoda 85 ta hukumat binosini yer bilan yakson qilganini ifoda etgan Maruf o‘z so‘zida:

“Isroil G‘azodagi 47 ta jome’ masjidini vayron qilib, 3 ta cherkovga katta ziyon yetkazdi. Hujumlar natijasida 200 mingdan ortiq bino ziyon ko‘rar ekan ulardan 32 ming 500 tasi butunlay yiqilib, yaroqsiz holga keldi. 203 ta maktab katta ziyon ko‘rdi va ulardan 45 tasi esa butunlay ishdan chiqdi. Kuchli hujumlar tufayli statistika hali hanuz toʻliq tamomlanmadi.

G‘azoga qarshi 18 ming tonna bomba tashlandi. Bu raqam Xirosimaga tashlangan bombaning bir yarim barobardan ko‘pi. Isroil armiyasi 908 oilani qirg‘in qilib, minglab inson o‘limiga sabab bo‘ldi. Hujumlarda 35 nafar jurnalist, 124 nafar tibbiy xodim va 18 nafar harbiy bo‘lmagan favqulodda qutqaruv xodimi hayotdan ko‘z yumdi”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Isroil kuchlari, shuningdek, Hamas siyosiy byurosi raisi o‘rinbosari Solih al-Aruriyning Ramallah shimolidagi Arura shahridagi uyini portlovchi moddalar yordamida vayron qildi.

Isroil armiyasi Livandagi Hizbullohga tegishli ba’zi nuqtalarni nishonga olganini ma’lum qildi.

Boshqa tomondan Hamas harakatining harbiy qanoti bo‘lgan Izzaddin al - Qassam brigadalari, jangchilarining G‘azo janubidan sizib kirgan Isroil kuchlariga qarshi kurash olib borayotganini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz:

Hamasning harbiy qanoti Qassam brigadalari, 7 – oktabr, shanba kuni Isroilga qarshi “Aqso to‘foni” deb nomlangan keng ko‘lamli hujum uyushtirganini e‘lon qilgandi.

Bunga javoban Isroil armiyasi ham harbiy samolyotlari orqali G‘azo sektoriga qarshi “Temir qilichlar” deb nomlangan amaliyot boshlatdi.

Oqibatida taranglik avj olar ekan, har ikki tomondan ham qurbonlar va tan jarohati olganlar qayd etilmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #falastinliklar , #G‘azo , #Hamas , #Isroil kuchlari

Aloqador xabarlar