Ukrainaning Qrimga hujum qilishga uringani iddio etilmoqda
Rossiya Mudofaa vazirligining xabar berishicha, Ukraina Qrimga hujum qilishga uringan.
![Ukrainaning Qrimga hujum qilishga uringani iddio etilmoqda](http://cdn.trt.net.tr/images/xlarge/rectangle/fa74/5cd6/af9f/64e87716c9dab.jpg?time=1718405948)
Rossiya Mudofaa vazirligining xabar berishicha, Ukraina tunda 42 ta insonsiz havo transporti orqali Qrimga hujum qilishga uringan.
Mavzu haqida vazirlik tomonidan yozma ravishda berilgan bayonotga ko‘ra, Ukraina armiyasining insonsiz havo transporti orqali uyushtirilgan hujumiga monelik qilingan.
Insonsiz havo transportlarining, hujumni havodan mudofaa qilish tizimlari yordamida aniqlangani ifoda etilgan bayonotda:
“Qrim hududida ochilgan otishma natijasida 9 ta insonsiz havo transporti yoʻq qilindi. Ulardan 33 tasi radioelektron urush vositalari bilan bostirildi. Insonsiz havo transporti ko‘zlangan nishonga yetib ulgurmay quladi”. – degan ifodalarga o‘rin berildi.
Qrim, 2014 - yili Rossiya tomonidan anneksiya qilingan edi.
Aloqador xabarlar
![Philippa Greer G‘azodagi oxirgi vaziyatga e’tibor qaratdi](http://cdn.trt.net.tr/images/medium/rectangle/8510/1012/916e/666c45b08c0b2.jpg?time=1718405948)
Philippa Greer G‘azodagi oxirgi vaziyatga e’tibor qaratdi
Isroil hujumlari yuzasidan falastinlik yana 34 kishi halok bo‘ldi