Gretsiyada 4 kundan beri o'rmon yong'inlari davom etmoqda

Gretsiyaga Ruminiya va Kipr Rum ma'muriyati, shuningdek, Chexiya, Xorvatiya, Germaniya va Serbiyadan yordam yuborilishi bildirildi.

2027956
Gretsiyada 4 kundan beri o'rmon yong'inlari davom etmoqda

 

Gretsiyada 4 kundan beri davom etayotgan o'rmon yong'inlari Elefsinadagi harbiy aeroportga yaqinlashdi.

O‘t o‘chiruvchilar yong‘inning harbiy aeroportga yetib borishini oldini olish uchun ish olib bormoqda.

Aeroport ichiga ham alanga kirib ketishini oldini olish uchun chora ko'rilmoqda.

Fuqaro muhofazasi boʻlimidan mobil telefonlarga yuborilgan xabarda aholidan hududdagi haddan tashqari tutundan salbiy taʼsir koʻrsatmaslik uchun koʻchaga chiqmaslik, eshik-derazalarini berkitib turish soʻralgan.

Aspropirgosdagi yong‘in xavfi ostida qolgan ayrim aholi punktlari evakuatsiya qilindi.

Attiki mintaqasidagi Filidagi yong'in Kliston monastirigacha yaqinlashdi. Guruhlar monastirdagi rohiblar va fuqarolarni evakuatsiya qilish uchun harakatga tushdi.

Filidagi aholi punktlariga yetib borgan yong'in tufayli ba'zi uylar alanga ostida qoldi. O't o'chiruvchilar oxirgi bir sutkada 63 ta hududda yong'inga chora ko'rgani ma'lum qilindi.

Gretsiyaga Ruminiya va Kipr Rum ma'muriyati, shuningdek, Chexiya, Xorvatiya, Germaniya va Serbiyadan yordam yuborilishi bildirildi. 

Mamlakat boʻylab yongʻinlardan chiqqan tutun 110 ming kvadrat kilometr maydonni qamrab olgan.

Aleksandrupolida shanba kuni boshlangan yong'in to'rtinchi kuni ham davom etar ekan, tezligi soatiga 70 kilometrga yetgan kuchli shamol tufayli mamlakatning turli hududlaridagi yong'inlarni o'chirish qiyinlashmoqda.

Yong‘in tufayli ko‘plab turar-joy binolari evakuatsiya qilindi, ko‘plab uylar va transport vositalari yonib ketdi, qishloq xo‘jaligi dalalariga zarar yetdi.

Kecha Viotiada 1 kishi, Merich hududidagi Kavajikda (Lefkimi) 1 kishi b'lib, jami 2 kishi hayotdan ko'z yumdi.


Tanlangan kalimalar: #o'rmon yong'inlari , #Gretsiya

Aloqador xabarlar