BMT don tashabbusiga qo’shgan hissalari uchun Turkiyadan minnatdor

“Turkiya hukumatiga ushbu tashabbusni davom ettirishga qaratilgan sa’y-harakatlari, kuchi va qat’iyati uchun minnatdorlik bildiraman”,-deydi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining gumanitar masalalar bo'yicha o’rinbosari.

1986968
BMT don tashabbusiga qo’shgan hissalari uchun Turkiyadan minnatdor

 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining gumanitar masalalar bo'yicha o’rinbosari va favqulodda yordam koordinatori Martin Griffiths, Turkiya hukumatiga Qora dengiz don tashabbusiga qo’shgan hissalari munosabati bilan minnatdorlik bildirdi.

U BMT Xavfsizlik kengashi sessiyasida Ukrainadagi gumanitar vaziyat haqida gapirdi.

So'nggi haftalarda tashabbusni kengaytirish va uni yanada samarali rivojlantirish bo'yicha qizg'in muhokamalar olib borilganini ma’lum qildi.

"Qora dengiz don tashabbusining davom etishi katta ahamiyatga ega. Operatsiya muammosiz va samarali o'tishini ta'minlash uchun barcha tomonlarni o'z mas'uliyatini bajarishga chaqiramiz. Dunyo bizni kuzatmoqda",-deydi u.

Griffits tashabbusning boshlanishida muhim rol o'ynagan Turkiya Istanbuldagi so'nggi muzokaralarga mezbonlik qilganini eslatdi.

“Turkiya hukumatiga ushbu tashabbusni davom ettirishga qaratilgan sa’y-harakatlari, kuchi va qat’iyati uchun minnatdorlik bildiraman”,-deydi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining gumanitar masalalar bo'yicha o’rinbosari.

Tashabbus tufayli Ukraina portlaridan 30 million tonnadan ortiq yuk xavfsiz eksport qilinganligini ifoda etgan Griffiths, ularning 55 foizi rivojlanayotgan mamlakatlarga, 6 foizi esa eng kam rivojlangan davlatlarga yetib borishini qayd etdi.

U shuningdek, Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkilotining (FAO) ma'lumotlariga ko'ra, so'nggi 12 oyda global don mahsulotlari narxi 20 foizga pasayganini ta'kidladi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #BMT

Aloqador xabarlar