Tunis parlamentining sobiq spikeri Rashid al-Gannushi hibsga olindi

17-aprel kuni iftorlik vaqtida xavfsizlik kuchlari uning uyiga bosqin uyushtirgan. Bosqin paytida qo’lga olingan Gannushi, prokuratura tomonidan 48 soat so’roq qilindi. So'ngra, Tunis sudi tomonidan hibsga olindi.

1977439
Tunis parlamentining sobiq spikeri Rashid al-Gannushi hibsga olindi

 

Tunisda Nahda harakati rahbari va Tunis parlamentining sobiq spikeri Rashid al-Gannushi hibsga olindi.

17-aprel kuni iftorlik vaqtida xavfsizlik kuchlari uning uyiga bosqin uyushtirgan. Bosqin paytida qo’lga olingan Gannushi, prokuratura tomonidan 48 soat so’roq qilindi. So'ngra, Tunis sudi tomonidan hibsga olindi.

Nahda Harakati a'zosi advokat Habib Bin Sidhum o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bergan bayonotida, Gannushiga yordam bergan yana 11 kishining tergov doirasiga kiritilganini va tergov "davlat xavfsizligiga qarshi fitna" uyushtirish bo'yicha olib borilayotganini aytdi. 

Gannushi bilan birga qo'lga olingan Nahda Harakatining taniqli shaxslaridan Muhammed al-Kumani va Bilqosim Hasan hamda Nahda harakatining boshqa 6 nafar a'zosi ham xuddi tergov qilinadi.

Gannushining nima uchun ayblanayotgani haqida hech qanday izoh berilmagan.


Tanlangan kalimalar: #Tunis

Aloqador xabarlar