Keniyada suv omborining qulashi oqibatida 42 kishi hayotdan ko'z yumdi

Hukumat matbuot kotibi Isaak Maigua Mvauraning aytishicha, to'g'onning qulashi oqibatida yuzaga kelgan suv toshqini uylar va yo'llarga zarar yetkazgan va 42 kishi hayotdan ko'z yumgan.

2133393
Keniyada suv omborining qulashi oqibatida 42 kishi hayotdan ko'z yumdi

 

Keniyada Eski Kijabe to'g'onining qulashi oqibatida 42 kishi hayotdan ko'z yumdi.

Mahalliy matbuotning yozishicha, mamlakat janubida haftalardan beri davom etayotgan kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari Eski Kijabe to‘g‘onining qulashiga sabab bo‘lgan.

Hukumat matbuot kotibi Isaak Maigua Mvauraning aytishicha, to'g'onning qulashi oqibatida yuzaga kelgan suv toshqini uylar va yo'llarga zarar yetkazgan va 42 kishi hayotdan ko'z yumgan.

Qidiruv-qutqaruv ishlarining davom etganligini ifoda etgan Mwaura, mart oyida kunlar davomida yog'gan yomg'ir sabab bo'lgan suv toshqinlari oqibatida 103 kishining hayotdan ko'z yumganini ma'lum qildi.

Suv toshqini xavfi bo‘lgan hududlardagi uylar suv ostida qolgan, ko‘plab odamlar maktablarga boshpana topgan.

Mamlakat bo'ylab 200 mingdan ortiq odam toshqindan jabr ko'rdi.


Tanlangan kalimalar: #Keniya

Aloqador xabarlar