Peruda avtobusning jardan qulashi oqibatida 23 kishi halok bo‘ldi
Voqea sodir bo'lgan Kelendin shahrida uch kunlik motam e'lon qilindi.
2133538
Janubiy Amerika davlati Peruda avtobusning jardan qulashi oqibatida 23 kishi halok bo‘lgan.
Mamlakat shimolida joylashgan Kelendin shahrida avtobus qoyadan qulab tushdi.
Kajamarka viloyati prokurori Olga Bobadillaning ma'lum qilishicha, voqea qo'pol va asfaltlanmagan yo'lda sodir bo'lgan. Fojiada kamida 23 kishi halok bo'lgan.
Kelendinda uch kunlik motam e'lon qilindi.
Sentyabr oyida ham Peruda xuddi shunday baxtsiz hodisa yuz bergan va 24 kishi halok bo‘lgan edi. Yanvar oyida sodir bo'lgan avtohalokatda 48 kishi halok bo'lgani xabar qilingan edi.