Britaniya deputati Kearns g'arbliklarni Eronni tark etishga chaqirdi

Angliyadagi Konservativ partiya deputati Alisiya  Kearns Eronda Angliyaga aloqador 7 kishining hibsga olinishi ortidan g'arbliklarni bu mamlakatni tark etishga chaqirdi.

1924132
Britaniya deputati Kearns g'arbliklarni Eronni tark etishga chaqirdi

 

Angliyadagi Konservativ partiya deputati Alisiya  Kearns Eronda Angliyaga aloqador 7 kishining hibsga olinishi ortidan g'arbliklarni bu mamlakatni tark etishga chaqirdi.

Eronda Buyuk Britaniyaga aloqador yetti nafar gumondor, jumladan, ikki fuqarolikka ega bo‘lganlar hibsga olindi.

Britaniya parlamenti deputati Alisiya Kearnsning aytishicha, Eron rejimga qarshi namoyishlar avj olgan paytda chet el kuchlarini ayblash uchun odamlarni hibsga olmoqda.

Kearns barcha g'arbliklarni bu mamlakatni iloji boricha xavfsiz tark etishga chaqirdi.

So‘z yuritilayotgan 7 kishining “Zagros” kod ismli guruh a’zosi ekanligi va Kirman viloyatida qo‘lga olingani ma’lum qilindi.

13-sentabr kuni poytaxt Tehronda axloq politsiyasi tomonidan hibsga olinganidan so‘ng kasal bo‘lib kasalxonaga yotqizilgan 22 yoshli Mahsa Eminining 16-sentabr kuni o‘limi mamlakat hukumatiga qarshi noroziliklarga sabab bo‘ldi.

Eron Inqilobiy gvardiyasi armiyasi havo kuchlari qo'mondoni brigada generali Amir Ali Hajizade 29 noyabr kuni qilgan chiqishida, mamlakatda qariyb 3 oydan beri davom etayotgan namoyishlarda, jumladan xavfsizlik kuchlari ham bo'lgan 300 dan ortiq odamning hayotdan ko'z yumganini aytdi. Eron Xavfsizlik kengashi 3 dekabr kuni qurbonlarning umumiy soni 200 nafardan oshganini ma’lum qildi.

Norvegiyada joylashgan Eron Inson huquqlari tashkiloti (IHR) 17 dekabr kuni e'lon qilgan hisobotida Emini o'limi ortidan boshlangan ko'cha namoyishlariga xavfsizlik kuchlarining aralashuvi natijasida 469 nafar namoyishchi halok bo'lganini bildirdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Alisiya  Kearns , #Tark etish , #Eron , #Davlatlar , #G'arb

Aloqador xabarlar