AQSh Davlat kotibi o'rinbosari Toni Fernandes Tayvanga tashrif buyurdi

Tayvanga iqtisodiy aloqalar doirasida borgan Fernandes 2021 yil yanvar oyida AQSh prezidenti Jo Bayden lavozimga kirishganidan beri orolga tashrif buyurgan oliy martabali xorijiy amaldor bo'ldi.

1919751
AQSh Davlat kotibi o'rinbosari Toni Fernandes Tayvanga tashrif buyurdi

 

AQSh Davlat kotibi o'rinbosari vazifasini bajaruvchi Toni Fernandes Tayvanga tashrif buyurdi.

Tayvan agentligi CNA ma'lumotlariga ko'ra, Tayvanga iqtisodiy aloqalar doirasida borgan Fernandes 2021 yil yanvar oyida AQSh prezidenti Jo Bayden lavozimga kirishganidan beri orolga tashrif buyurgan oliy martabali xorijiy amaldor bo'ldi.

Tayvan Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Fernandes iqtisodiy bosimlarga qarshi olinishi kerak bo'lgan chora-tadbirlar, ta'minot zanjirlarining barqarorligi, xavfsiz energiya uzatish, hamkorlikning yangi sohalari va ma'lumot almashish masalalarini muhokama qiladi.

Eslatma: AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining avgust oyi boshida Tayvanga tashrifi Vashington va Pekin o‘rtasida keskinlikka sabab bo‘lgan edi.

Pelosi so‘nggi 25 yil ichida Xitoy bilan to‘qnashuv holatida bo‘lgan orolga tashrif buyurgan AQSh Kongressi Vakillar palatasining birinchi spikeri bo‘lgandi.

Tashrif, Tayvanni o'z hududi deb bilgan Pekinning keskin munosabatiga sabab bo'ldi va Xitoy armiyasi tashrifdan keyin orol atrofida harbiy mashqlarni boshlagandi.

Pelosidan keyin Kongressning ko'plab a'zolari va shtat gubernatorlari Orolga tashrif buyurishdi.

Pekin “yagona Xitoy tamoyili”ni ta’kidlab, Tayvanning dunyo davlatlari bilan mustaqil diplomatik aloqalar o‘rnatishiga, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarda vakolatxonasiga ega bo‘lishiga qarshi chiqadi hamda uni tan olgan davlatlar Tayvan bilan diplomatik aloqalarini uzishini talab qiladi.


Tanlangan kalimalar: #Tayvan , #AQSh

Aloqador xabarlar