Rossiyada qisman safarbarbarlik deyarli tugadi

Oʻtgan oyda Rossiyada e'lon qilingan qisman safarbarbarlik bugun tugadi.

1893869
Rossiyada qisman safarbarbarlik deyarli tugadi

Rossiya poytaxti Moskvada qisman safarbarlik jarayoni yakunlandi.

Moskva meri Sergey Sobyanin mavzu haqida yozma ravishda bergan bayonotda, shahardagi qisman safarbarlik jarayoni bugundan boshlab tugaganini ma’lum qildi.

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin 14 - oktabr kuni bergan bayonotida, mamlakatda qisman safarbarlik doirasida 222 ming kishi harbiy xizmatga chaqirilgani va barcha safarbarlik tadbirlari qariyb 2 haftada yakunlanishini qayd etgandi.

Rossiya Mudofaa vazirligi, 21-sentabrda qabul qilingan qisman safarbarlik qarori doirasida harbiy xizmatga jami 300 ming kishini chaqirish rejalashtirilayotganini ma’lum qilgandi.

Safarbarlik qaroridan soʻng, yuz minglab rus fuqarosi quruqlik orqali chegaralar tomon yoʻl olar ekan, ular eng koʻp Gruziya bilan Qozogʻistonga safar qilishni rejalashtirgan.

Rossiyadagi xalqaro aviachiptalarga talab ham jadal sur’atda ortar ekan, safarbarlik e’lon qilingan ilk kunlarda, koʻplab shaharlar uchun aviachiptalar topish imkonsiz holga aylangandi



Aloqador xabarlar