Haitida benzin olib ketayotgan transportning portlashi oqibatida 75 kishi halok bo‘ldi

Haiti hukumati ushbu fojiali voqea munosabati bilan mamlakatda 3 kunlik milliy motam e'lon qildi.

1747887
Haitida benzin olib ketayotgan transportning portlashi oqibatida 75 kishi halok bo‘ldi

 

Haitida benzin olib ketayotgan transport vositasining portlashi oqibatida 75 kishi halok bo‘ldi, ko'plab odamlar jarohat oldi.

Haiti hukumati ushbu fojiali voqea munosabati bilan mamlakatda 3 kunlik milliy motam e'lon qildi.

Fojia Kap-Aiten shahrida yuz bergan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 14-dekabrga o‘tar kechasi benzovoz haydovchisining mototsiklchi bilan to‘qnashuvdan qochishga urinishi vaqtida yo‘l-transport hodisasi yuz berib, yuk mashinasi ag‘darilib ketgan.

Shundan keyin voqea guvohlari fursatdan foydalanib, benzovozdan benzin olishga tushib ketgan. Shu vaqtda benzovoz portlagan. Buning oqibatida chiqqan yong‘in yaqin oradagi binolarga ham o‘tgan. 

Kap-Aiten meri o'rinbosari Patrik Almonor voqea haqidagi bayonotida, portlashda halok bo'lganlar sonining 75 nafarga yetganini ma'lum qilgan. 

"Sodir bo'lgan voqea o'ta dahshatli. Biz ko'plab odamlarimizdan judo bo'ldik", - dedi u.

Mamlakat bosh vaziri Ariel Anri ham halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Haiti

Aloqador xabarlar