Fransiyaning sobiq ichki ishlar vaziri ozodlikdan mahrum etildi

Fransiyaning sobiq ichki ishlar vaziri 77 yoshdagi Klod Gean noqonuniy ravishda mukofotlar to‘laganlikda aybdor deb topilib qamoqqa olindi.

1746962
Fransiyaning sobiq ichki ishlar vaziri ozodlikdan mahrum etildi

 

Fransiyaning sobiq ichki ishlar vaziri 77 yoshdagi Klod Gean noqonuniy ravishda mukofotlar to‘laganlikda aybdor deb topilib qamoqqa olindi.

Parij sudi Geanni politsiyaning gumondorlarni kuzatish harakatlari uchun ajratilgan fondidan o‘ziga va ichki ishlar vazirligining boshqa xodimlariga har oyda noqonuniy ravishda mukofot yozganlikda aybdor deb topdi.

2002-2004 yillar davomida to‘langan mablag‘ miqdori 210 ming yevroni tashkil etganligi aniqlangan. Fonddan har oyda 10 ming yevrodan olingan, uning yarmini Gean o‘ziga olib qolgan, yarmini esa uch nafar yordamchisiga bergan.

Sud unga ikki yillik qamoq (bir yili shartli) va 75 ming yevro jarima belgiladi. Bundan tashqari, unga besh yil davomida davlat lavozimlarini egallash taqiqlandi.

Uning advokati Filipp Bushez El Ghozi aytishicha, Klod Geanning hanuz xazinadan 115 ming yevro qarzi borligini va har oy qarzini to'lab turishini ta'kidlab, sog'lig'i tufayli uning qamoq jazosini qayta ko'rib chiqishini talab qilishlarini bildirdi.

Klod Gean 2002 yilda Nikolya Sarkozi ma'muriyatida ichki ishlar va iqtisodiyot vazirliklarida mehnat qilgan, 2011-2012 yillarda ichki ishlar, dengizorti hududlari, mahalliy boshqaruv va immigratsiya vaziri lavozimlarida ishlagan.

 


Tanlangan kalimalar: #Klod Gean , #Fransiya

Aloqador xabarlar