Sergey Lavrov Eron tashqi ishlar vaziri bilan muloqot qildi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligidan berilgan yozma bayonotga ko'ra, suhbat chog'ida Eronning yadroviy kelishuvi muhokama qilingan.

1746960
Sergey Lavrov Eron tashqi ishlar vaziri bilan muloqot qildi

 

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligidan berilgan yozma bayonotga ko'ra, suhbat chog'ida Lavrov Abdullahiyan bilan Eron yadroviy kelishuvini muhokama qilgan.

Tomonlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi tomonidan ma'qullangan ushbu kelishuvni amalga oshirish jarayonini qayta tiklashdan o'zaro manfaatdor ekanligini tasdiqlagan.

Shuningdek, bu barcha tomonlarning haq va manfaatlarini himoya qilish uchun "yagona yo'l" ekanligi qayd etilgan.

Lavrov va Abdullahiyan ayni vaqtda Rossiya va Eron munosabatlarining bugungi holati va istiqboldagi rejalar hamda xalqaro masalalarni ham muhokama qildi.


Tanlangan kalimalar: #Eron , #Rossiya

Aloqador xabarlar