Jazoirning 1 viloyatida o'rmon yong'inlari qurbonlari soni 69 kishiga yetdi

Poytaxtdan taxminan 100 kilometr sharqda joylashgan Tizi Vizu viloyati sudlar kengashi bosh prokurori Abdulqodir Umeyrush matbuot anjumanida yong'inlar qurbonlari soni 69 taga etganini, ulardan 28 tasi askar va 41 tasi tinch aholi ekanligini aytdi.

1689860

O'lganlar soni yuzlab bo'lishi mumkinligini, ammo hozircha aniq raqam yo'qligini ta'kidlagan Umeyrush, yong'inlar mamlakat yaxshiliklarini istamaganlar tomonidan boshlatganini da'vo qildi.

Boshqa tomondan, yong'inda vafot etganlar tufayli bugundan boshlab mamlakatda 3 kunlik motam e'lon qilindi.

Jazoir Bosh vazirligi bayonotida, yuqorida aytib o'tilgan yong'inlarni o'chirish maqsadida Yevropa Ittifoqi bilan samolyot ijarasi shartnomasi imzolangani e'lon qilindi.

Bayonotda, ijaraga olingan ikkita samolyot Gretsiyadagi yong'inlarda ishlatilgani va bugundan boshlab Jazoirda o'rmon yong'inlarida qo'llanilishi qayd etildi.

Ta'kidlanishicha, Jazoirning 18 shtatidagi 71 xil nuqtada o'rmon yong'inlari sodir bo'lgan.

Tanlangan kalimalar: #Yong'in , #Jazoyir

Aloqador xabarlar