Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 27 mlndan oshdi

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 887 ming 630 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlar soni 27 mln 301 mingdan oshib ketdi. 19 mln 379 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

1486199
Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 27 mlndan oshdi
Fransa Süper
Süper Covid.jpg
Süper Covid-19.jpg

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 887 ming 630 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlar soni 27 mln 301 mingdan oshib ketdi. 19 mln 379 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 193 250 nafarga yetdi.  Virus bilan kasallanganlarning umumiy soni esa, 6 mln 460 mingdan ko’proq.

Bugungi kunda Braziliya koronavirusga chalinish va o‘limlar soni bo‘yicha dunyoda AQShdan keyin 2-o‘rinni egallamoqda. Mamlakatda so’nggi bir kunda 447 kishi virus qurboniga aylandi. Shu bilan ularning umumiy soni 126 ming 650 nafarga yetdi. Ayni vaqtda virusga chalinganlar soni 4 mln 137 ming 521 nafarni tashkil qilmoqda.

Meksikada so’nggi bir kunda COVID-19 tufayli 232 kishi vafot etdi. Mamlakatda virus qurbonlarining umumiy soni 67 558 nafarga yetdi. Ayni vaqtda mamlakatda virusga chalinganlar soni 4614 kishiga oshib, ularning umumiy soni 634 23 nafarni tashkil qilmoqda.

Avstraliyada COVID-19 tufayli vafot etganlar soni 762 nafarga yetdi, virusdan kasallanganlar soni esa 26 ming 319 nafarni tashkil qilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar