Yangi turdagi koronavirusning sharq mamlakatlariga ko‘rsatgan ta’siri

Xitoyda paydo bo‘lgan yangi turdagi koronavirus (Kovid - 19) tufayli vafot etganlar soni 3 ming 193 nafarga yetdi.

1378212
Yangi turdagi koronavirusning sharq mamlakatlariga ko‘rsatgan ta’siri

Xitoyda paydo bo‘lgan yangi turdagi koronavirus (Kovid - 19) tufayli vafot etganlar soni 3 ming 193 nafarga yetdi.

Milliy Sog‘liqni saqlash komissiyasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra yangi turdagi koronavirus (Kovid - 19) tufayli Xitoyda oxirgi 24 soatda 13 kishi vafot etar ekan o‘ziga virus yuqtirib olgan 11 kishi qayd etildi.

Bu orqali jami vafot etganlar soni 3 ming 193 nafarga yetar ekan bemorlar sonining 80 ming 824 nafar ekanligi ma’lum qilindi. Ulardan 3 ming 610 nafarining ahvoli og‘ir.  

Virus yuqtirib olgan bo‘lishlari mumkinlar (115) va karantinaga olinganlar sonida (10 ming 879) kamayish kuzatilar ekan bugungacha ushbu kasallikdan shifo topganlar soni 65 ming 541 nafarga chiqdi.

Gonkong maxsus ma’muriy tumanida esa virus yuqtirib olganlar soni 137 nafarga yetdi.

Xitoy va Italiya ortidan eng ko‘p qurbon bergan mamlakatlardan Eronda oxirgi 24 soatda koronavirus tufayli yana 97 kishi vafot etar ekan ularning umumiy sonining 611 nafarligi aniqlandi.

Shu bilan birga virus yuqtirib olganlar soni ham 1365 kishiga ortgan holda umumiy soni 12 ming 729 nafar deb qayd etildi.

Eron Islom Inqilobiy Qo‘riqchilar Korpusining sobiq qo‘mondoni, brigada generali Nosir Shaboniy esa shu kasallik yani yangi turdagi koronavirus tufayli tufayli vafot etdi.  

Bu borada tashhis qo‘yilganlardan 4 ming 339 nafari esa shifo topdi.

Xabar berishlaricha, Eronning 50 ta laboratoriyasida tahminan 6 mingga yaqin kishi yangi turdagi koronavirus (Kovid-19) ga qarshi testdan o‘tkazilgan.

Yaponiyada ham virus tufayli jon berganlar soni 28 nafarga, yuqtirib olganlar soni esa 712 ga yetdi.

Qatarda esa 58 kishida virus qayd etilar ekan buning umumiy soni 320 nafarga ko‘tarildi.

Roppa-rosa 80 kishida koronavirus holati qayd etilgan Quvaytda xalqning, majbur qolmaguncha tashqariga chiqishlari man etildi.

Bemor sonining 38 nafar ekanligi aytilgan G‘azoda yangi turdagi koronavirus (Kovid-19) epidemiyasiga qarshi choralar doirasida 2 ming 667 kishi karantinaga olingan.

Isroilda esa yana 21 kishida yangi turdagi koronavirus aniqlandi. Bu orqali jami bemorlar soni 164 nafarga yetdi.  

Iroq Kurd Mintaqaviy Ma’muriyati Iroqda yangi turdagi koronavirus (Kovid-19) tufayli 10 kishining jon berganini va epidemiyaning keng tarqashiga qarshi chora ko‘rish niyatida mintaqada 2 kungacha ko‘chaga chiqish man etildi.

Saudiya Arabistonida yangi turdagi koronavirus tufayli 15-mart (mahalliy vaqt bilan) soat 11:00 dan e’tiboran zaruriy qatnovlardan tashqari xalqaro reyslarning ikki haftaligiga to‘xtatilgani ma’lum qilindi.

Yangi turdagi koronavirus (Kovid-19) tufayli birinchi o‘lim holati qayd etilgan Ukrainada esa ikki haftagacha chet elliklar uchun mamlakat darvozalari yopiladi.

Ozarbayjonda jami 19 kishida koronavirus holati uchrar ekan bir kishi vafot etdi. Ulardan tashqari 3 kishi shifo topdi.

Mamlakatdagi barcha ommaviy tadbirlar 1 oygacha bekor qilindi.

Yuqtirib olganlar soni Gruziyada 30 ga, Armanistonda 15 ga, Qozog‘istonda esa 6 ga yetdi.

Ozarbayjon va Armanistonda kirish - chiqishlar 10 kunga kechiktirildi.

Bunday kasallik holati kuzatilgan Qirg‘izistonda esa unga qarshi kurash olib borish maqsadida maktablar 3 haftaga bekitildi.

Indoneziyada transport vaziri Budi Karya Sumadining ham koronavirus yuqtirib olgani ma’lum qilindi.

Sudanda Birlashgan Arab Amirliklaridan kelgan fuqarolardan biri ustidan amalga oshirilgan test natijasining ijobiy chiqishi va uning vafot etgani ma’lum qilindi.

G‘arbiy Afrika davlatlaridan Moritaniyada birinchi koronavirus holati aniqlandi. Bemorning Yevropa davlatlaridan birining fuqarosi ekanligi qayd etildi.

Sudan va Gambiyada virus keng tarqagan mamlakatlarga sayohat qilish man etilar ekan Senegalda esa koronavirus yuqtirib olganlar soni bir kunda 21 nafarga ko‘tarildi.

Yevropa ittifoqining Gvineya delegatsiyasiga xizmat qilgan belgiyalik kishida Kovid-19 qayd etilar ekan bu orqali Gvineyada birinchi holat aniqlangan bo‘ldi.

Jazoirda virus yuqtirib olganlar soni 27 ga, Marokashda esa 8 nafarga chiqdi.

 

 



Aloqador xabarlar