BMTXK, Mogadishudagi bombali hujumni qoraladi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashi Somali poytaxti Mogadishuda 28-dekabr kuni terroristlar tomonidan qo’l urilgan bombali hujumni qoraladi.

1331747
BMTXK, Mogadishudagi bombali hujumni qoraladi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashi Somali poytaxti Mogadishuda 28-dekabr kuni terroristlar tomonidan qo’l urilgan bombali hujumni qoraladi.

BMTXK tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda:

“Kengash a’zolari Mogadishudagi xavfsizlik nuqtasida yuz bergan va gunohsiz insonlarning o’limiga, tan jarohati olishiga yo’l ochgan hujumini keskin qoralar ekan jon berganlarning yaqinlariga ta’ziya izhor etib, tan jarohati olganlarga shifo tilaydi” degan ifodalarga o’rin berildi.

Terrorizmning xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid solishni davom etganligi qayd eitlgan bayonotda, nomi tilga olingan hujumni uyushtirgan va uni moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlaganlarning tezlik bilan topilib, adolatga topshirilishi kerakligiga undaldi.

Shuningdek, BMTXKning Somali hukumati bilan xalqini qo’llab-quvvatlashda qarorli ekanligi aytilgan holda,

“Xavfsizlik kengashi a’zolari Somalidagi tinchlikni, barqarorlikni va oxirgi vaziyatni qo’llab-quvvatlashda qarorlidir. Na bu na boshqa terror hujumlari kengashni bu qarorlilikdan voz kechtirolmaydi” degan ifodalarga o’rin berildi.

Aytib o’tish joizki Somali poytaxti Mogadishuda 28-dekabr kuni talabalarni tashigan avtobusning o’tishi chog’ida uyushtirilgan bombali hujumda 90 kishi jon bergandi. Jon berganlardan ikki nafari Turkiya fuqarosi bo’lgan.

 


Tanlangan kalimalar: #BMTXK , #Mogadishu , #bombali hujum

Aloqador xabarlar