Eronning Sheroz shahrida joylashgan maqbaraga o’t qo’yib yuborildi

Ma’lumotga ko’ra, ushbu maqbara Muhammad payg’ambarning nabirasi Hazrat Hasanning nabiralaridan Abu Abdulloh Muhammadning qizi Fotimaga oid.

1323990
Eronning Sheroz shahrida joylashgan maqbaraga o’t qo’yib yuborildi

 

Eronning Sheroz shahrida joylashgan maqbaraga o’t qo’yib yuborildi.

Bu haqda Eron rasmiy xabar agentligi IRNA xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Sheroz shahrida joylashgan “Shamsi Sheroz” ko’chasidagi Imomzoda Bintul Hasan maqbarasi kimligi noma’lum kishilar tomonidan talon-taroj qilindi. Maqbaradagi qimmatbaho ashyolar talon-taroj qilingach, o’t qo’yib yuborildi.

Voqea yuzasidan jinoiy ish qo’zg’atildi.

Ma’lumotga ko’ra, ushbu maqbara Muhammad payg’ambarning nabirasi Hazrat Hasanning nabiralaridan Abu Abdulloh Muhammadning qizi Fotimaga oid.


Tanlangan kalimalar: #yong'in , #maqbara , #Sheroz , #Eron

Aloqador xabarlar