Afg’onistonning Xirot viloyati Gulran tumanida portlash ro'y berdi

Portlash oqibatida 3 nafar bola halok bo’lgan, 2 nafar bola yaralangan.

1195625
Afg’onistonning Xirot viloyati Gulran tumanida portlash ro'y berdi

 

 

Afg’oniston g’arbida joylashgan Xirot viloyati Gulran tumanida portlash sodir etildi.

Bu haqda Xirot hokimligi vakili Jayloniy Farxod ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Xirot viloyati Gulran tumaniga qarashli Chahkoxsoniy qishloqdagi bir uyga bomba joylashtirib ketilgan. Bombaning portlashi oqibatida 3 nafar bola halok bo’lgan, 2 nafar bola yaralangan.

Taxminlarga ko’ra, bomba jangarilar tomonidan joylashtirib ketilgan.

Hozircha portlashda javobgarlikni hech bir terror guruhi zimmasiga olmagan.


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Xirot , #portlash

Aloqador xabarlar