Isroil armiyasi Suriyaga qarshi hujum uyushtirdi

Rossiya mudofaa vazirligining Milliy mudofaa boshqaruv markazi Isroilning Suriyaga qarshi uyushtirgan hujumlari haqida bayonot berdi.

1129671
Isroil armiyasi Suriyaga qarshi hujum uyushtirdi

Rossiya Mudofaa vazirligining qayd etishicha Isroil tomonidan Suriyaga qarshi kechqurun uyushtirilgan hujum oqibatida Suriya askarlaridan 4 kishi jon bergan, 6 askar esa tan jarohati olgan.

Rossiya mudofaa vazirligining Milliy mudofaa boshqaruv markazi Isroilning Suriyaga qarshi uyushtirgan hujumlari haqida bayonot berdi.

Mazkur bayonotga ko’ra Isroil Harbiy-havo kuchlari qo’mondonligi mahalliy vaqt bilan soat 02:11 dan 02:56 gacha Suriyaning g’arbi, janubiy-g’arbi va janubidagi hududlarga qarshi uchta hujum uyushtirgan. Oqibatida esa Suriya askarlaridan 4 kishi jon bergan bo’lib, 6 askar tan jarohati olgan. Damashq xalqaro aeroportining ba’zi qismlari ziyon ko’rgan.

Bayonotga ko’ra shuningdek Suriya armiyasiga oid havo mudofaa tizimlari, Isroil Harbiy-havo kuchlari qo’mondonligi tomonidan otilgan 30 dan ortiq boshqariladigan raketa va bombani ham havoda yo’q qilgan.

Isroil armiyasi Suriya tuproqlarida Eron Inqilobi qo'riqchilariga qarashli Feylul al-Quds maxsus kuchiga oid nuqtalarga qarshi havo hujumi uyushtirganligini ma’lum qilgan edi.  



Aloqador xabarlar