Hindistondagi falokat 9 kishi umriga zomin bo‘ldi

Hindistondagi portlash va undan keyingi yong‘in oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi.

2143807
Hindistondagi falokat 9 kishi umriga zomin bo‘ldi

Hindistonning Maxarashtra shtatidagi zavodda yuz bergan portlash va undan keyingi yong‘in oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi.

Thane tumani rasmiylaridan Sachin Sejal tomonidan «Press Trust of India» axborot agentligiga berilgan ma’lumotga ko‘ra, yong‘inga kimyoviy modda ishlab chiqarish korxonasi qozonidagi portlash sabab bo‘lgan.

Sejal, voqeada 9 kishi hayotdan ko‘z yumgani va 64 kishi tan jarohati olganini bildirdi.

O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni nazorat ostiga olar ekan, portlash sabablari bo‘yicha tergov ishlari boshlatildi.


Tanlangan kalimalar: #Hindiston , #portlash , #yong‘in

Aloqador xabarlar