AQSh Afg’oniston poytaxti Kobulda sodir etilgan terrorchilik harakatini qoraladi

"Ushbu portlash Afg’onistonda notinchlik yaratmoqchi bo’lganlarning qo’rqoqligini va vahshiyligini namoyon qiladi. Portlashda 50 kishining halok bo’lganligi munosabati bilan afg’on xalqiga chuqur hamdardlik bildiramiz”,-deyiladi bayonotda.

1092115
AQSh Afg’oniston poytaxti Kobulda sodir etilgan terrorchilik harakatini qoraladi

AQSh Afg’oniston poytaxti Kobulda 50 kishining hayotiga zomin bo’lgan, 85 kishining yaralanishiga olib kelgan terrorchilik harakatini qoraladi.

AQSh davlat kotibligi xodimi Heather Nauert bu haqda yozma bayonot berdi.

“Kobulda sodir etilgan portlashni qoralaymiz. Afg’on xalqi Mavlud qandili munosabati bilan marosim o’tkazayotgan paytda sodir etilgan portlash Afg’onistonda notinchlik yaratmoqchi bo’lganlarning qo’rqoqligini va vahshiyligini namoyon qiladi. Portlashda 50 kishining halok bo’lganligi munosabati bilan afg’on xalqiga chuqur hamdardlik bildiramiz”,-deyiladi bayonotda.

Portlashda halok bo’lganlarning oilalariga chuqur ta’ziya izhor etgan Heather Nauert, AQSh Afg’onistonni tinchlik, xavfsizlik va barqarorlik ta’minlash yo’lida qattiq qo’llab quvvatlashda davom etishini bildirdi.

Eslatma: Kecha Afg’oniston poytaxti Kobulda nikoh tantanalari o‘tuvchi saroyda xudkush bombachi odamlar orasida o’zini portlatib yuborgan. Portlashda 50 kishi halok bo’lgan, 85 kishi turli jarohatlar olgan.

Ta'kidlanishicha, ushbu voqea Afg‘onistonda oxirgi oylarda sodir etilgan eng yirik teraktlardan biri bo‘ldi.

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Afg'oniston , #Kobul , #portlash

Aloqador xabarlar