Rossiya Suriyaga S-300 zenit raketa komplekslarini topshirdi

Sergey Shoygu Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin rahbarligida o’tkazilgan Xavfsizlik kengashi yig’ilishida rus askarlarining Suriyadagi xavfsizligini orttirish uchun ko’rilgan chora va tadbirlar haqida gapirdi.

1061323
Rossiya Suriyaga S-300 zenit raketa komplekslarini topshirdi

Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Suriyaga S-300 zenit raketa komplekslarining topshirilganligini ma’lum qildi.

Sergey Shoygu Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin rahbarligida o’tkazilgan Xavfsizlik kengashi yig’ilishida rus askarlarining Suriyadagi xavfsizligini orttirish uchun ko’rilgan chora va tadbirlar haqida gapirdi.

Suriyaga S-300 zenit raketa komplekslarining topshirilganligini ma’lum qilgan Shoygu,

“S-300 zenit raketa komplekslari topshirildi. Shu bilan birga turli 49 ta harbiy texnik jihoz ham yetkazib berildi” degan ifodalarga o’rin berdi.   

O’tgan oyda Rossiyaning Il-20 uchog’i bortidagi 15 nafar askari bilan Suriyaning havodan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilgan edi.

Rossiya mazkur voqea ustidan Isroil havo kuchlarini ayblab, Suriyadagi rus askarlarining xavfsizligini orttirish uchun rejimga topshirishdan avvallari voz kechgan S-300 zenit raketa komplekslarini topshirajagini ma’lum qilgan edi.

 



Aloqador xabarlar