O'rta yer dengizida 7 oyda 1500dan ortiq muhojir halok bo'ldi
Ma'lumotga ko'ra, bularning aksariyati noqonuniy yo'llar bilan boshqa mamlakatlarga safari chog'ida halok bo'lgan.
BMT qochqinlar oliy komissariyati O'rta yer dengizida 7 oyda 1500dan ortiq muhojir hayotdan ko'z yumganligini ma'lum qildi.
Ma'lumotga ko'ra, bularning aksariyati noqonuniy yo'llar bilan boshqa mamlakatlarga safari chog'ida halok bo'lgan.
Shu bilan birga taxminan 60 ming muhojir joriy yilda O'rta yer dengizi orqali boshqa mamlakatlarga qochib o'tgan.
BMT qochqinlar oliy komissariyati elchisi Vincent Cochetel ushbu tranzit yo'llar ustida joylashgan mamlakatlarni bu kabi qonunbuzarliklarni oldini olishga va kerakli chora-tadbirlarni oshirishga chaqirdi.
Ispaniyaga yanvar oyidan buyon 23500dan ortiq mehnat muhojiri kirib kelgan.
Aloqador xabarlar
Philippa Greer G‘azodagi oxirgi vaziyatga e’tibor qaratdi
Isroil hujumlari yuzasidan falastinlik yana 34 kishi halok bo‘ldi