Hindiston, Nepal va Myanmadagi tabiiy ofatlarda qurbonlar soni ortmoqda

Nepalda 3 yarim oy ichida ro’y bergan tabiiy ofatlarda 455 kishi nobud bo’ldi.

1022960
Hindiston, Nepal va Myanmadagi tabiiy ofatlarda qurbonlar soni ortmoqda

Hindistonda muson yomg’irlari oqibatida suv toshqinlari va tuproq ko’chkilari sodir bo’lmoqda.

Tabiiy ofatlar oqibatida 569 kishi halok bo’ldi.

Tegishli mutahassislar yog’ingarchilik yana bir muddat davom etishini bildirib, aholini bunga qarshi chora-tadbirlarni olishga chaqirmoqda.

Nepalda 3 yarim oy ichida ro’y bergan tabiiy ofatlarda 455 kishi nobud bo’ldi.

Bu haqda Nepal ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.

“Aprel oyidan beri sodir bo’layotgan yong’in, sel, tuproq ko’chkisi va chaqmoq chaqishi kabi tabiiy ofatlarda qurbonlar soni 455 kishiga yetdi”,-deyiladi ma’lumotda.

Shuningdek, hisobotga ko’ra, tabiiy ofatlar oqibatida 72 kishi bedarak yo’qolgan, 2230 kishi jarohat olgan. 3775 ta uy vayron bo’lgan. Moddiy zarar taxminan 30 mln dollardan oshib ketgan.

Ichki ishlar vazirligi ikki hafta oldin qilgan izohida, Nepalda kuchli muson yomg’irlari oqibatida suv toshqinlari va tuproq ko’chkilari yuzaga kelgan bo’lib, bularda 1 iyuldan 15 iyulgacha 56 kishi nobud bo’lganligini ma’lum qilgandi.

Nepalda har yili iyul-oktyabr oylarida ro’y beradigan tabiiy ofatlarda yiligiga yuzlab inson nobud bo’ladi.

Myanmadagi tabiiy ofatlarda esa, qurbonlar soni 10 kishiga yetdi.

Mamlakatda 10 kundan beri davom etayotgan kuchli yog’ingarchiliklar oqibatida 7 viloyatda 95 ming kishi uylarini tark etishga majbur bo’ldi.

Meteorologiya mutahassislari yog’ingarchilikning kelgusi kunlarda ham davom etishini bildirdi.

Jabrlangan aholi evakuatsiya qilinmoqda, aholiga yordam kampaniyalari boshlandi.

Myanma shimolida ma’dan konida ro’y bergan ko’chki tagida qolib ketgan 27 kishidan 23 nafarining jasadi chiqarildi.

Mahalliy matbuotda o’rin olgan xabarlarga ko’ra, kuchli yog’ingarchiliklar oqibatida Set Mu hududidagi ma’dan konida ro’y bergan ko’chkida 4 kishi qolib ketgandi. Ularni qidirish faoliyatlari davom etmoqda.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Nepal , #Myanma , #Hindiston , #tabiiy ofatlar

Aloqador xabarlar