BMT Bosh Assambleyasida Al-Quds bo'yicha rezolyutsiya loyihasi rad etildi

Turkiyaning tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasida Al-Quds bo'yicha rezolyutsiya loyihasi 128 ovoz bilan rad etildi.

873318
BMT Bosh Assambleyasida Al-Quds bo'yicha rezolyutsiya loyihasi rad etildi

AQSh hukumati BMT Bosh Assambleyasida yakkalandi.

Turkiyaning tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasida Al-Quds bo'yicha rezolyutsiya loyihasi 128 ovoz bilan rad etildi.

Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olish to'g'risidagi qarorga 35 davlat betaraf bo'ldi.

Natijada AQSh prezidenti Donald Trampning 6 dekabr kuni olgan Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olish to'g'risidagi qarori huquqiy asosga ega emas.

Tramp qolaversa, AQSh elchixonasini Isroil poytaxti Tel Avivdan Al-Qudsga ko'chirish haqida buyruq bergandi.

Lekin, BMT qarorlariga hilof bo'lgan bu holat dunyoda o'z o'rnini topmadi.

BMT Bosh Assambleyasida olingan bu natija bilan Tramp hukumati ovoz berish jarayonidan oldin ko'rsatgan barcha tahdidlariga qaramay, Al-Quds maqomi xususida yakkalanib qoldi.

 


Tanlangan kalimalar: #BMT , #Al-Quds , #AQSh , #Donald Tramp , #Isroil

Aloqador xabarlar