BMTning Iroq vakili Jan Kubis Deash bilan aloqali mulohaza bildirdi

BMT Iroq maxsus vakili Jan Kubis, terror tashkiloti Deashning mag'lub etilganini bildirdi.

853234
BMTning Iroq vakili Jan Kubis Deash bilan aloqali mulohaza bildirdi

Birlashgan Millatlar (BMT) Iroq maxsus vakili Jan Kubis, terror tashkiloti Deashning mag'lub etilishiga qaramasdan, tashkilotning haligacha bir tahdit bo'lishga davom etganini izohladi.

Kubis, BMT xavfsizlik kengashida, Deashning Iroqda mag'lubiyat etilishi va o'lkadagi o'zgarishlar haqida a'zo davlatlarga ma'lumot berdi.

Terror tashkiloti Deashning 2014- yildan beri Iroq va Suriyada ham nazorat etgan tuproqlarning 95 % boy berganini tushuntirgan Kubis, 7,5 million kishining esa tashkilotning mag'lub etilgani bildirildi.

Bu jarayonda minglab kishining hayotini yuqotgani va yaralanganini ifoda etgan Kubis, yuz minglab bolaning ta'limini davom etishdan mahrum bo'lganini, shaharlarning yiqilganini va 6 million kishining ham uyidan badarg'a bo'lganini bildirdi.

Deashning minglab Musulmon va boshqa etnik guruhlarga qarshi urush jinoyat sodir etganini va bu guruhlarning qirg'inga uchraganini ifoda etgan Kubis, "Deashga qarshi zafar qo'lga kiritilishiga qaramasdan, Eronda, hududda, Yevropa va undan tashqarida terror xavfining davom etmoqda" dedi.

Deashning dunyo bo'ylab tinch aholiga qarshi hujum sodir etish e'htimolini ogohlantirgan Kubis, "Deash mag'lub etildi lekin bartaraf qilinmadi. Deashga qarshi kurashgan koalitsiya kuchlari, hududdagi davlatlar bilan xalqaro jamoatchilik Deashni butunlay bartaraf qilish va Iroqda va hududda barqarorlik o'rnatish uchun harbiy va noharbiy g'ayratlarni davom ettirishga chaqirdi" deb so'zladi.



Aloqador xabarlar