Eronda bir askar to'rtta safdoshini otib tashladi

Eronning poytaxti Tehronda Havo kuchlari qo’mondonligiga tegishli otish maydonida bir askar atrofidagi safdoshlariga qarata o’q uzib yuborgan.

784905
Eronda bir askar to'rtta safdoshini otib tashladi

Eronning poytaxti Tehronda Havo kuchlari qo’mondonligiga tegishli otish maydonida bir askar atrofidagi safdoshlariga qarata o’q uzib yuborgan.

Voqea joyida 1 ta mayor va 3 ta askar halok bo’lgan, 8 ta askar jarohatlangan.

Bu haqda Eron Qurolli kuchlari bayonot berdi.

“Kehrizek otish maydonida bir askar atrofidagilarga qarata to’g’ridan o’q uzgan. Buning oqibatida 1 ta mayor halok bo’lgan. Safdoshlaridan 3 nafari halok bo’lgan va 8 nafari yaralangan”,-deyiladi bayonotda.

Askarning ruhiy tushkunlikda bo’lgani yoki avtomat to’satdan otilib ketgan bo’lishi mumkinligi va buni to’xtata olmay qolgan bo’lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Mehr xabar agentligiga ma’lumot bergan Kehrizek tuman hokimi Muhammad Hashimiy esa, bu hodisa Sistan-belujistonlik askarning qurolli hujumi oqibatida sodir bo’lganini, halok bo’lganlardan biri mayor ekanini ma’lum qildi.

O’tgan oyda ham Eronning Kazvin mintaqasidagi “Abik” harbiy hududida bir askarning o’q uzishi oqibatida 3 ta askar halok bo’lgandi, 5 ta askar yaralangandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Eron , #askar , #mayor , #Eron Qurolli kuchlari

Aloqador xabarlar