Rossiya AQShdan Suriyadagi urush uchog’ining tushirilishi haqida izoh kutmoqda

Lavrov, fransiyalik kasbdoshi Jean-Yves Le Drian bilan Moskvada mushtarak matbuot anjumani uyushtirar ekan AQShning Suriyadagi rejim kuchlariga oid urush uchog’ining tushirilishini kun tartibiga olib chiqdi.

756808
Rossiya AQShdan Suriyadagi urush uchog’ining tushirilishi haqida izoh kutmoqda

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Amerika Qo’shma Shtatlarining, Suriya rejimiga oid urush uchog’ining tushirilishi haqida izoh berishlarini kutayotganliklarini bildirdi.

Lavrov, fransiyalik kasbdoshi Jean-Yves Le Drian bilan Moskvada mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

Anjumanda Lavrov, AQShning Suriyadagi rejim kuchlariga oid urush uchog’ining tushirilishini kun tartibiga olib chiqdi.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri bu borada Vashingtondan izoh kutayotganliklarini qayd etdi.   

Lavrov, Suriyada barcha tomonlarning faqatgina mushtarak maqsadga yo’nalib, terrorga qarshi kurashishi kerakligini aytdi.

Suriya rejimiga oid urush uchog’ining tushirilishi ortidan Rossiya, AQSh bilan bo’lgan uchish xavfsizligi kelishuvini to’xtatib qoygan edi.

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #AQSh , #Suriya , #urush uchog'i , #rejim kuchlari

Aloqador xabarlar