Mevlud Chavushog'lu Rex Tillerson bilan ko'rishdi

Mevlud Chavushog'lu, AQSh tashqi ishlar vaziri Rex Tillerson bilan telefon orqali ko'rishdi.

750176
Mevlud Chavushog'lu Rex Tillerson bilan ko'rishdi

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog'lu, Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) tashqi ishlar vaziri Rex Tillerson bilan telefon orqali ko'rishdi.

Suhbatda Ko'rfazdagi vaziyat Iroq va Suriya mavzulari muhokama qilindi.

Chavushog'lu Antaliyaning Alaniya tumanida so'z chiqgan bir platformada esa, Qatar bilan ayrim Arab mamlakatlari o'rtasida inqiroz bilan aloqali so'zlagan nutqida, "Masalaga yechim topishga intilayapmiz. Ramazon oyi ham, qardoshlik va hamkorlikni rivojlantirish oyida, bu qizg'inliklar yaxshi emas. Qolaversa boshqaruvlarga emas xalq bilan aloqali bu qarorlar noto'g'ri. Muborak Ramazon oyi dori-darmon embargosi, insonlikka yarashmaydi. Xalqning aybi nima?" deb ifoda etdi.

Mevlud Chavushog'lu, Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'anning ko'p sonda rahbarga qo'ng'iroq qilganini va qo'ng'iroq qilishga davom etishini bildirib, Turkiyaning bu masalaga yechim topishga hissa qo'shishini izohladi.

"Chunki biz masalaning nima bo'lganini bilamiz, hozirgi kungacha qanday ijobiy uslub izlagan bo'lsak bundan keyin ham shunday bo'ladi" deb so'zlagan Chavushog'lu, Turkiyaning o'z masalalariga ham yechim izlash g'ayratida bo'lganini takidladi.

Suriyada sulh o'rnatish uchun Turkiyaning bor kuchi bilan g'âyrat qilganini ifoda etgan Chavushog'lu, Halabda 45 ming kishi o'lim panchasida bo'lganda burilib ham qaramagan boshqa mamlakatlar kabi turmagan Turkiyaning Rossiya bilan birga Halab va atrofidan 45 ming kishini qutqarganini izohladi.

Turkiya bilan Rossiyaning o'rnatishga uringan sulhning Halab bo'ylab tarqalganini ifoda etgan Chavushog'lu, "Endi xavfsiz hudud tashkil etayapmiz. Bu g'ayratimiz Astana va Jenevada ham davom etadi" dedi.



Aloqador xabarlar