Nigeriyada bombali hujum uyushtirildi

G’arbiy Afrika davlatlaridan biri Nigeriyadagi bombali hujumda, yosh bolalar nishonga olindi.

749930
Nigeriyada bombali hujum uyushtirildi

G’arbiy Afrika davlatlaridan biri Nigeriyadagi bombali hujumda 2 nafar yosh bola jon berdi va 3 kishi tan jarohati oldi.

Nigeriyaning Adamava shtatining xavfsizlik xizmati bergan bayonotga ko’ra, Nigeriyaning g’arbida joylashgan Kamerun Respublikasi chegarasida joylashgan shtatdagi Fadaman Rake qishlog’iga mashina orqali kirgan va kim ekanligi haligacha noma’lum bo’lgan kishi 2 ta bolaga bitta sumga bergan.  

Xavfsizlik xodimlarining aytishicha u kishi, sumkaning ichida pul va qimmatbaxo ashyolarning borligini aytib, bolalardan uni o’z oilalariga elitib berishlarini talab qilgan.

Ortidan esa iddio qilinishicha, bolalar sumkani uylariga olib ketar ekan sumkaning ichidagi bomba portlab ketgan. Oqibatida ikkala bola ham jon berar ekan, 3 kishi tan jarohati olgan.


Tanlangan kalimalar: #Afrika , #Nigeriya , #bombali hujum

Aloqador xabarlar