Turkiya, Somalidagi harbiy bazaga qarshi uyushtirilgan hujumni qoraladi

Somali shimolidagi Puntland viloyatida, harbiy bazaga qarshi hujum qilgan Ash-Shabab terror tashkiloti a’zolari qariyb 70 kishining umriga zomin bo’ldi. Jon berganlar orasida tinch aholining ham borligi aniqlandi.

749193
Turkiya, Somalidagi harbiy bazaga qarshi uyushtirilgan hujumni qoraladi
dışişleri Raşidin saldırı kınama.jpg

Somali shimolidagi Puntland viloyatida, harbiy bazaga qarshi hujum qilgan Ash-Shabab terror tashkiloti a’zolari qariyb 70 kishining umriga zomin bo’ldi. Jon berganlar orasida tinch aholining ham borligi aniqlandi.  

Oliy darajali harbiy yetakchilardan biri Ahmad Muhammad, Ash-Shabab a’zolarining viloyatdagi Af-Urur nomidagi harbiy bazaga qarshi portlaguvchi modda va og’ir qurollar orqali hujum qilganligini aytdi.

Muhammad, voqea chog’ida bazada jon berganlar sonining ilk aniqlashlarga ko’ra qariyb 70 kishi ekanligini va ular orasida tinch aholining ham borligini qayd etar ekan jon berganlardan tashqari onlab kishining ham tan jarohati olganligini ifodaladi.

Voqea ortidan Somali armiyasining ko’makchi kuchlari, hujum yuz bergan mintaqaga yetib borib Ash-Shabab terror tashkiloti a’zolarini yer bilan yakson qildi.

Ash-Shabab guruhi hujum haqida bergan bayonotida 61 nafar Somali askarining umriga zomin bo’lganliklarini va armiyaga oid ko’plab harbiy transport va o’q dorilarni qo’lga kiritganliklarini ilgari surdi.

Turkiya Puntlandda, harbiy bazaga qarshi uyushtirilgan terror hujumini terang qayg’u bilan o’rganganligini eslatib, hujumni keskin qoraladi.

Tashqi ishlar vazirligi o’z bayonotida,

“Mamlakatda tinchlik va barqarorlikni o’rnatish uchun sadoqat bilan xizmat qilgan xavfsizlik xizmatiga qarshi uyushtirilgan ushbu terror hujumini keskin qoralaymiz” dedi.

Hujumda jon berganlarga Olloxdan rahmat, yaqinlariga sabr va tan jarohati olganlarga esa shifo tilaklari yetkazilgan bayonotda Turkiyaning terrorga qarshi kurashida Somali xalqi va hukumati bilan hamkorlik ichida bo’lishni davom ettirajagi qayd etildi.


Tanlangan kalimalar: #Somali , #harbiy baza , #terror hujumi

Aloqador xabarlar