Suriyada AQSh boshchiligidagi koalitsiya hukumat kuchlariga og’ir zarba berdi

Koalitsiya kotibi ma’lum qilishicha, jangovar samolyotlar Tanf yaqinlariga joylashgan Asad kuchlarini va uchuvchisiz havo vositasini portlatdi.

749184
Suriyada AQSh boshchiligidagi koalitsiya hukumat kuchlariga og’ir zarba berdi

Suriyada AQSh boshchiligidagi harbiy koalitsiya kuchlari Beshar Asadga xizmat qilgan hukumat kuchlariga og’ir zarba berdi.

Koalitsiya kotibi ma’lum qilishicha, jangovar samolyotlar Tanf yaqinlariga joylashgan Asad kuchlarini va uchuvchisiz havo vositasini portlatdi.

Portlash oqibatida ko’plab inson halok bo’lgani aytilmoqda.

Koalitsiya Suriya yoki Rossiya bilan jang qilish niyati yo’qligini ma’lum qildi.

AQSh tomonidan qo’llab quvvatlangan suriyalik muxolif kuchlar xozirda Tanf hududiga joylashgan.

Ular DAISh terror tashkilotini mag’lub etgunicha Tanf hududida qolishni mo’ljallamoqda.

Koalitsiya Suriya rejimi tarafdori bo’lgan mahalliy kuchlarning dushmanlarcha munosabatidan nolidi.

Eslatib o'tish joizki, koalitsiya birinchi bor 18 mayda, ortidan esa, 6 iyunda Asad tarafdori bo’lgan qurolli guruhlarga hujum qilgandi.

 Hujumda tanklar, qo’shin askarlari va ko’plab harbiy texnika o’rin olgan zona portlatilgan edi.

 

 



Aloqador xabarlar