Qatar TIV, al-Tanining Trumpning taklifini rad etish sabablarini aytdi

Qatar Amiri Tamim bin Hamid al-Tani Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trumpning taklifini rad etdi. Donald Trump Ko’rfazdagi muammoni hal qilish uchun Qatar Amirini Oq saroyga taklif qilgan edi.

749578
Qatar TIV, al-Tanining Trumpning taklifini rad etish sabablarini aytdi

Qatar Amiri Tamim bin Hamid al-Tani Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trumpning taklifini rad etdi. Donald Trump Ko’rfazdagi muammoni hal qilish uchun Qatar Amirini Oq saroyga taklif qilgan edi.

Qatar TIV Muhammad bin Abdurrahmon al-Soniy Amerikaning Associated Press (AP) axborot agentligiga bergan intervyusida, al-Tanining mavjud sanktsiya davom etar ekan Qatardan tashqariga chiqmoqchi emasligini, shu bois ham Oq saroyga bormasligini ma’lum qildi.  

Al-Soniy,

“Mamlakat qamal ostida ekan, Qatardan hech qayerga ketmaydi” dedi.

Chorshanba kuni Qatar Amiri bilan telefon orqali muloqat qilgan AQSh Prezidenti Donald Trump, Amirni Oq saroyga taklif qilib, Qatar muammosini hal qilish uchun o’rtamchilik qilishga tayyor ekanligini yetkazgan edi.

Qatar Tashqi ishlar vazirligi intervyu chog’ida, arab mamlakatlarining Qatarni “qamal” ostiga olishga haqqi yo’qligiga ham e’tibor qaratib, Saudiya Arabistoni va ba’zi Arab mamlakatlarining Qatarni “noto’g’ri va yolg’on xabarlarga” tayangan holda izolyatsiya qilishga harakat qilayotganligini ifodaladi.  

Qatarning ekstremistik guruhlarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlaganligi haqidagi iddiolarni qabul qilmagan al-Soniy, al-Jazira telekanalining yopilishi to’g’risidagi fikriga ham qarshi chiqdi.

Qo’shni davlatlar bu guruhlarni noqonuniy deb e’lon qilishiga qaramay Qatarning “Musulmon qardoshlar” kabi guruhlarga yordam berishga haqqi borligini belgilab o’tgan al-Soniy,

“Mening ichki ishlarim yoki ichki masalalarimga ziyon yetkazmoqchi bo’lganlar, niyatiga yetolmaydi. Ularning mening yurtimni qamal ostiga olishga, transportlarim yoki uchoq parvozlarimga monelik qilishga, kemalarimning ularning portlarida to’xtashiga ruxsat bermaslik kabi haqlari yo’q. Hechkim ularga oilalarni ajratish va insonlarni o’z uy-joyidan mahrum qilish kabi vazifalar yuklamadi. Hechkim ularga qatarlik ayollar bilan saudiya arabistonilik bolalarini yoki amirlik onalar bilan qatarlik bolalarni bir-biridan ajratish huquqi bergani yo’q. Qaysi asrda yashayotganligimizni bilmay qoldim. Haqiqatdan ham 21-asrdamizmi?” deya gapirdi.    

Qatar TIV o’z yurtining ekstremist guruhlar bilan terror tashkilotlariga yordam bermaganligini ham ta’kidladi.

Qatar bilan diplomatik aloqalarini to’xtatgan davlatlardan hech qanday talab ro’yhati olmaganliklarini qayd etgan al-Soniy,

“Agar o’rtada, ma’noli bir iddio yoki ayblov bo’lsa unda biz unga javob berishga tayyormiz. Lekin, dalilsiz va shubhali ayblovlarga javob berishga tayyor emasmiz” degan ifodalarga o’rin berdi.   

Aytib o’tish joizki Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA), Bahrayn, Misr va Yaman dushanba kuni, Qatar bilan bo’lgan diplomatik aloqalarini to’xtatganliklarini ovoza qilgan edi. Saudiya Arabistoni, BAA va Bahrayn o’z havo sohalarini Qatarga qarshi yopib, qatarlik diplomatlarning 48 soat ichida mamlakatlaridan chiqib ketishlarini talab qilgan edi.

Bunga keyinchalik Maldiv orollari, Liviyadagi Tobruk hukumati, Mavritaniya va Komor orollari ham qo’shilgan edi. Iordaniya esa seshanba kuni kechasi Qatar bilan bo’lgan diplomatik aloqalarini cheklaganligini va markazi Qatarda joylashgan al-Jazira telekanalining mahalliy ofisini yopganligini e’lon qilgan edi.

Senegal bilan Chad ham Qatardagi elchisini mamlakatga qaytishlarini xohlagan edi.

 

 



Aloqador xabarlar