Iroqdagi bir bozorda, xudkushlik hujumi uyushtirildi

Iroqning Bobil shahriga qarashli Musayyip tumanidagi bir bozorga qarshi uyushtirilgan xudkushlik hujumi, ko’pchilik umriga zomin bo’ldi.

749473
Iroqdagi bir bozorda, xudkushlik hujumi uyushtirildi

Iroqning Bobil shahriga qarashli Musayyip tumanidagi bir bozorga qarshi uyushtirilgan xudkushlik hujumi oqibatida ilk aniqlashlarga ko’ra 20 kishi jon berdi.

Xavfsizlik manbaalari, hujumda jon berganlardan tashqari 24 kishining tan jarohati olganligini ma’lum qildi.

Hujumni DEASh terror tashkiloti o’z bo’yniga oldi.

Aytib o’tish joizki Bog’dodning janubida ham patrullik qilayotgan politsiya xodimlari nishonga olindi.  

Bombardimon oqibatida 2 nafar politsiya xodimi jon berar ekan, 3 nafar politsiya xodimi tan jarohati oldi.  

Karbalo shahrida yuz bergan xudkushlik hujumida ham 4 kishi tan jarohati oldi.



Aloqador xabarlar