Afg’oniston prezidenti Tolibonni murosaga chaqirdi

Ashraf Gani: “Tolibon agar hukumat bilan tinchlik muzokaralariga ko’nsa, biz ham ularga ofis ochishiga ruhsat beramiz. Bu Tolibonga so’ngi taklifimiz bo’lsin”.

749225
Afg’oniston prezidenti Tolibonni murosaga chaqirdi

Afg’onistonning poytaxti Qobulda 23 davlat ishtirokida Xalqaro Qobul konferensiyasi bo’lib o’tdi.

Mazkur konferensiyaga AQSh, Turkiya, Eron va Pokiston bilan bir qatorda, jami 23 davlat ishtirok etdi.

Konferensiyaning ochilishida Qobulda sodir bo’lgan terrorchilik harakati qurbonlari yodga olindi. Ularning ruhiga hurmat maqsadida sukut saqlandi.

Konferensiyada avvalo mamlakat prezidenti Ashraf Gani so’zga chiqdi.

U so’zlagan nutqida Afg’oniston hukumatining terrorizmga qarshi kurash bo’yicha qat’iyligini tilga oldi.

Dunyoda terrorizm avj olganini eslatgan Gani global miqyosda terrorizmga qarshi kurash yetarsiz ekanini tilga oldi.

Tolibonni tinchlikka chaqirgan Gani: “Tolibon agar hukumat bilan tinchlik muzokaralariga ko’nsa, biz ham ularga ofis ochishiga ruhsat beramiz. Bu Tolibonga so’ngi taklifimiz bo’lsin”,-dedi.

 

 



Aloqador xabarlar