YI muhojir qabul qilmagan a’zo davlatlarini so’roq qilmoqchi

YI tarkibidagi davlatlarning Ichki ishlar vazirlarining ko’pchiligining qarori bilan qabul qilingan mexanizmning birdamlikga asoslanganligiga e’tibor qaratgan Avramopulos Yevropa ittofoqining, muhojir qabul qilmagan a’zo davlatlarini so’roq qilmoqchiligi

733977
YI muhojir qabul qilmagan a’zo davlatlarini so’roq qilmoqchi

Yevropa ittofoqi muhojir qabul qilmagan a’zo davlatlarini so’roq qilmoqchi.

Migratsiya, ichki ishlar va fuqarolik masalalari bo’yicha Yevrokomissar Dimitris Avramopulos, 160 ming muhojirning tarqatilishini ko’zda tutgan YI mexanizmida o’rin olmagan a’zo davlatlarning ittifoq tomonidan so’roq qilinajagini bayon etdi.

Avramopulos, Yevropa Parlamentining Fransiyaning Strazburg shahrida bo’lib o’tgan majlisida YI davlatlarining 160 ming muhojirni kvota tizimi bilan ittifoq tarkibidagi davlatlarga tarqatishini ko’zda tutgan mexanizmda o’rin olishlikning, ittifoq tarkibidagi davlatlarning huquqiy va ahloqiy vazifasi ekanligini aytdi.

YI tarkibidagi davlatlarning Ichki ishlar vazirlarining ko’pchiligining qarori bilan qabul qilingan ushbu mexanizmning birdamlikga asoslanganligiga e’tibor qaratgan Avramopulos,  

“Bu tizim nafaqat Italiya va Gretsiyaning foydasini balki, barcha YI davlati foydasini ko’zlaydi. Kvota tizimi orqali bugungacha qariyb 18 ming muhojirning muammosi hal qilindi lekin bu raqam maqsaddan iroq” dedi.

Majlisning tushdan keyingi vaziyatni baholash qismida, bugungacha bironta ham muhojir joylashtirmagan a’zo davlatlar ro’yhatida Vengriya, Polsha va Avstriya nomlari o’qildi.



Aloqador xabarlar