Rossiya va Amerika Suriyada mushtarak havo maydoni xususida kelishib oldi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Amerika hukumati bilan Suriyada bundan oldin tuzilgan havo maydoni shartnomasi muddati uzaytirilishini ma’lum qildi.

711464
Rossiya va Amerika Suriyada mushtarak havo maydoni xususida kelishib oldi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Amerika hukumati bilan Suriyada bundan oldin tuzilgan havo maydoni shartnomasi muddati uzaytirilishini ma’lum qildi.

Lavrov poytaxt Moskvaga tashrif buyurgan AQSh kotibi Rex Tillerson bilan matbuot anjumani o’tkazdi.

Lavrov 4 aprel kuni Suriyaning Idlib shahrida sodir qilingan kimyoviy hujumga doir tergov olib borish xususida Amerika bilan hamfikr ekanini tilga oldi.

Ikki davlat Suriya masalasini hal qilish bo’yicha hamkorlikni davom ettirish qarori olganini aytgan Lavrov buni siyosiy yo’llar bilan ta’minlash xususida hamfikr ekanini tilga oldi.

Rex Tillerson Suriya rejimini tanqid qildi.

U Suriya rejimi mamlakatning 50 ta hududida xlor bombasi va boshqa turli kimyoviy qurollardan foydalanganini ma’lum qildi.

Ma’lumki, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan AQSh kotibi Rex Tillerson Tashqi ishlar vazirligi qarorgohida taxminan 5 soat uchrashuv o’tkazgan edi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham Rex Tillersonni Kreml saroyida qabul qildi.

Eslatma: Rossiya bilan Amerika 2015 yili Suriya havo maydonidan foydalanish xususida yuzaga kelgan bir qator kelishmovchilikdan so’ng, uchish xavfsizligini nazarda tutgan memorandum imzolagan edi.

 



Aloqador xabarlar