Nikki Haley AQShning Suriya siyosati va uning ustuvorligini baholadi

AQShning BMT Doimiy vakili Nikki Haley, Suriyada Bashar al-Asad hukmronlik qilar ekan mamlakatdagi vaziyatning siyosiy yo’llar orqali hal qilinishining imkonsiz ekanligini qayd etdi.

708709
Nikki Haley AQShning Suriya siyosati va uning ustuvorligini baholadi

Amerika Qo’shma Shtatlarining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Doimiy vakili Nikki Haley Suriyada Bashar al-Asad hukmronlik qilar ekan mamlakatdagi vaziyatning siyosiy yo’llar orqali hal qilinishining imkonsiz ekanligini qayd etdi.

Nikki Haley CNN telekanaliga bergan intervyusida AQShning Suriya siyosati bilan uning ustuvorligini baholadi.

AQSh uchun eng muhimi Asadning hukmronlikdan ketishi emas, DEASh terror tashkilotini ham yengish ekanligini belgilab o’tgan Haley, Suriyadagi eronliklar sonini kamaytirish va uning oqibatida muammoni siyosiy yo’ldan hal qilishni xohlaganliklarini ma’lum qildi.

Nikki Haley,

“Rejim o’zgarishi mumkin degan fikrdamiz. Suriyada Asad hukmronligi bor ekan mamlakatdagi muammoni siyosiy yo’llardan hal qilish imkonsiz. Agar Asadning bugungi kundagi ahvoliga bir nazar tashlagudek bo’lsak unda u bilan barqaror hukumatni ko’rish qanchalik murakkab ekanligining guvohi bo’lamiz” dedi.  

AQSh Prezidenti Donald Trumpning Suriyaga bergan zarbasining davom etib etmasligiga ham to’xtalgan Haley,

“Agar yana da katta zarba bermoqchi bo’lsa unda buni amalga oshiradi. U esa hammaning Suriyadagi vaziyatga qanday norozilik ko’rsatishiga bog’liq” deya gapirdi.

Haley, Suriyadagi muammoni siyosiy yo’llar orqali hal qilish va mintaqada tinchlik o’rnatmoqchi ekanliklarini ham o’z so’ziga ilova etdi.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar