AQSh:"Afg’oniston qo'shini mamlakatni yakka o’zi mudofaa qila olmaydi"

AQShning Afg’onistondagi bosh maslahatchiligi mamlakatda xavfsizlik sohasida juda katta kamchiliklar mavjudligini ma'lum qildi.

649528
AQSh:"Afg’oniston qo'shini mamlakatni yakka o’zi mudofaa qila olmaydi"

Amerika Qo’shma Shtatlarining fikricha, Afg’oniston qo'shini mamlakatni yakka o’zi mudofaa qila olmaydi.

AQShning Afg’onistondagi bosh maslahatchiligi Afg’onistonni qaytatdan barpo etish maqsadida 2002 yili ajratilgan 115 mlrd dollarlik fondning nimalarga sarf qilinganiga doir hisobotida, Afg’oniston xavfsizlik kuchlarining yetarsizligi, mamlakatdagi qonunbuzarlik, giyohvand modda tijorati, idoriy va iqtisodiy boshqaruvdagi kamchiliklar kabi bir qator muammolarga e’tibor qaratdi.

Hisobotda, Afg’oniston qo’shini 2015 yilning avgust oyidan boshlab, mamlakatning 63%ini nazorat qilgani va bu nisbatning 2015 yilning noyabr oyiga kelib, 72%ni tashkil qilgani qayd etildi.

Afg’oniston qo’shinida barqaror o’sish kuzatilmagani, harbiy malakasini oshirar ekan, ayni paytda terror tashkilotlariga qarshi kurashga majbur ekani va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish uchun hamisha qo’shimcha kuchga ehtiyoj borligiga e’tibor qaratilgan hisobotda qayd etilishicha, 2016 yilning boshlaridan 19 avgustigacha, 5523 afg’on askari terrorizmga qarshi kurashda halok bo’lgan, 9665 askar esa, turli jarohatlar olgan.

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar