Iroqning poytaxti Bog’dodning eng gavjum Karada dahasida kuchli portlash sodir bo'ldi

Ma’lumotlarga ko’ra, portlash oqibatida 70 dan ortiq inson halok bo’lgan, ko’plab aholi tan jarohati olgan.

523160
Iroqning poytaxti Bog’dodning eng gavjum Karada dahasida kuchli portlash sodir bo'ldi

Iroqning poytaxti Bog’dodning eng gavjum ko’chalaridan birida kuchli portlash sodir bo’ldi.

Ma’lumotlarga ko’ra, portlash oqibatida 70 dan ortiq inson halok bo’lgan, ko’plab aholi tan jarohati olgan.

Dastlab, Bog’dodning eng gavjum savdo markazlari joylashgan Karada dahasida bomba ortilgan mashina portlatilgan.

Portlashda 50dan ortiq inson halok bo’lar ekan, 30dan ortiq inson yaralangan.

Ko’p o’tmay poytaxtning sharqida ham qo’lbola bomba portlatilgan.

Ushbu portlashda esa, 20dan ortiq inson halok bo’lgan, 16 kishi yaralangan.

Terror tashkiloti DAISh Bog’doddagi portlashni sodir qilganini tan oldi.

Eslatma: Iroq Qurolli Kuchlari bir hafta oldin Felludja viloyatini DAISh qo’lidan qutqatganini ma’lum qilgan edi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #Bog'dod , #portlash , #terrorizm , #DAISh , #bomba

Aloqador xabarlar