Turkiya nazaridan yaqin sharq 26-qism

Aqsg bilan G'arb davlatlari Misrda barqarorlik o'rnatish tarafdori.

520093
Turkiya nazaridan yaqin sharq 26-qism

AQSh bilan boshqa G’arb davlatlari Misrda barqarorik o’rnatish tarafdori. Ushbu tushuncha, Enver Sedatning Davlat Rahbarligi chog’ida Misrning G’arbga tomon qiziqish ko’rsatganidan beri shunday bo’lgan. Misrda barqarorlik o’rnatish istagi o’lkada inson haqlarining oyoq osti qilinishi va ko’z yumilishiga ham olib kelgan. G’arb olami bu sababli, 2013 yil Iyul oyi Misrda birinchi marta saylov bilan vazifaga kelgan Davlat Rahbari Muhammed Mursining qonli to’ntaruv bilan vazifasidan uzoqlashtirilishiga tomoshabin bo’lib turdi. Bir kunda yuzlab namoyishchi hayotini yuqotgan, o’nminglab inson qo’lga olingan bo’lib bularning ko’pchiligiga o’lim jasozi bo'lib qolganlariga esa og’ir jazolar berilishiga G’arb jim qarab turgan. Mana Musulmon Qardoshlar Harakati demokratik yo’llar bilan kurashishni istaganiga qaramay ham terrorirst sifatida ayblangan ham tarqatilishi uchun harbiy bosimga uchragandir.

General Abdulfettah El-Sisi nazorati ostidagi qo’ntaruvchi rejim, Musulmon Qardoshlarni bosim ostiga olgandan keyin Misrdagi barcha demokratik nodavlat tashkilotlarni nishonga olgan edi. Barqarorlik uchun liberal va so’l nazariyaga ega nodavlat tashkiloti vakillari ham bosimdan ta’sirlanishga boshlangandir. 25 Yanvar inqilobida faol bo’lgan 6 Aprel harakatining asoschisi Ahmet Maher va faollardan Alaa Abdelfettahni xibsda olinishi rejimning muxolifatni ko’tara olmasligini ko’rsatmoqda. Hattoki Sisi boshqaruvi tazyiqli siyosatini 2011 yili Arab Bahori natijasida kuchini boy bergan sobiq davlat rahbari Husnu Muborak davri ham o’tgandir.

Lekin Sisi boshqaruvining nodavlat tashkilotlar ustidagi bosim barqarorlik o’rnatish o’rniga, chappa ta’sir qilgan. Uzoq muddatda muvozanatsizlik, taranglik va to’qnashuvlar muqarrar. Muxoliflarning bosmi ostiga olinishi ularning chetlanish va maxfiy harakat qilishiga olib kelmoqda. Bu jamiyatda radikalizmni avjlantirgan bir holatdir. Mursi to’ntarilgandan beri asosan Sinada terror faoliyatlarining ortishini bunga namuna berib bo'ladi. Al Qoidadan chiqib DAISHga qo’shilgan Ensar Beyt el-Makdis tashkilotining faoliyatlari ortgan va jangarlar soni ham ko’paygan. Rus yo’lovchi samolyotining ham tashkilot tomonidan urib tushirilgani ilgari surilmoqda. Bundan ham battari, 2011 yilgi qo’zg’olonlarda bo’lgani kabi, norozichilik kun o’tgan sari ortib bormoqda. Terror faoliyatlarini bohona qilib barchani bular orasida nodavtlat tashkilotlarga ham bosim tatbiq etishi Sisini dastaklaganlarning ham fikirlarining o’zgarishiga sabab bo’lgan. Sisi boshqaruvi, to’ntaruvdan keyin o’zini qo’llab-quvvatlagan nodavtlar tashkilotlar bilan ham qaramqa-qarshi bo’lgan. Bu esa uning harakat maydonini toraytirmoqda. Qolaversa nodavlat tashkilotlarning manbai nima bo’lishdan qat’iy nazar xorijdan e’hson qabul qilishini jinoyat hisoblanishi bildirildi. Davlat Rahbari Abulfettah el-Sisi muxolifatga qarata bosimlarni to’rtinchi nasl urush sifatida baholamoqda. Bundan qast etgani: Xalqining liderlarga bo’lgan ishonchiga putur yetkazish uchun media va nodavlat tashkilotlar hukumatga qarshi bir fitnaga aralashmoqda. Qisqacha rasmiy nazariyadan boshqa har turli fikir Misrda davlatga qarshi bir hujumdir. Hozirgi kunda Misr boshqaruvining kun tartibida ushbu uch mavzu joy oloqda. Terrorni bartaraf qilish va muxoliflarga bosim qilish, Ko’rfaz o’lkalaridan Misrda kelgan milliardlab dollarlik naqt mablag’ni ta’minlash bilan iqtisodiy farovonlik o’rnashdir.

Lekin yuqrida hama aytganimiz kabi, terrorga qarshi siyosati hozirgi kungacha taranglikni avjiga chiqargan. Ko’rfazga moliy jihatdan tobe bo’lish esa Misrning  hududda e’tibor markazi bo’lishidan chiqarmoqda. Saudiya Arabiston bu nuqta-i nazardan Misrning o’rniga o’tadigan vaziyatda. Qizildengizdagi Senafir va Tiron orollarini Saudiya Arabistonga berish shartnomasining 20 milliard dollarlik yordam paketi bilan birga muhokama qilinishi, xalqning zehnida vatan tuproqlarining boshqa davlatga sotish kabi tushunchalar uyg’utgan va yuzlab kishi nazoratga olingan namoyishlarga sabab bo’lgan. Iqtisodiy jihatdan inflatsiyaning nazorat ostiga olinishi, ishsizlikning kamaytishi va rivojlanish kabi o’zgarishlar bo’lgandir. 2015 yildan e’tiboran elektrik uzilishi ham kamaygan. Biroq bu ijobiy o’zgarishlar har tomonga aks etmagan. Qashshoq oilalarning vaziyatini yana ham og’irlashtirgan. Shuningdek qtisodiy muvozanat siyosati doirasida asosiy e’htiyoj mollari bilan aloqali subsidiyani bekor qilish jamoyatda norozichilikka sabab bo’lishi mumkin. Misrni mashshaqatli kunlar kutmoqda. Bu mashshaqatni o’tish uchun Misr siyosilarining jamiyat bilan kelishib, yani xalq bilan yangi bir ijtimoiy shartnoma tuzishi kerak. Bo’lmasa Misrni jiddiy ijtimoiy va siyosiy taranglikl kutadi.

 



Aloqador xabarlar