Braziliyada Turizm vaziri Henrique Eduardo Alves o’z vazifasidan iste’fo etdi
Alvesning iste’fosi Braziliya prezidentlik boshqaruvi tomonidan qabul qilinar ekan, iste’foning sababi haqida ma’lumot berilmadi.
![Braziliyada Turizm vaziri Henrique Eduardo Alves o’z vazifasidan iste’fo etdi](http://cdn.trt.net.tr/images/xlarge/rectangle/59a7/ce1f/aa86/57637e2a60ff7.jpg?time=1718413926)
Braziliyada vaqtinchalik o’z lavozimidan chetlashtirilgan Davlat rahbari Dilma Rousseffning o’rniga tayinlangan Davlat rahbari o’rinbosari Michel Temerning hukumatida o’rin olgan Turizm vaziri Henrique Eduardo Alves o’z vazifasidan iste’fo etdi.
Alvesning iste’fosi Braziliya prezidentlik boshqaruvi tomonidan qabul qilinar ekan, iste’foning sababi haqida ma’lumot berilmadi.
Qonunbuzarlikka doir yuritilgan tergovda nomi zikr etilgan Alves Davlat rahbari o’rinbosari Michel Temerga yaqinligi bilan bilinadi.
Rejalashtirish vaziri Romero Juca ham bir neft shirkatining sobiq direktori bilan bo’lgan suhbatining qaydi fosh qilingach, 24 may kuni o’z vazifasidan iste’fo etgan edi.
Aloqador xabarlar
![Philippa Greer G‘azodagi oxirgi vaziyatga e’tibor qaratdi](http://cdn.trt.net.tr/images/medium/rectangle/8510/1012/916e/666c45b08c0b2.jpg?time=1718413927)
Philippa Greer G‘azodagi oxirgi vaziyatga e’tibor qaratdi
Isroil hujumlari yuzasidan falastinlik yana 34 kishi halok bo‘ldi