Fransiya ko’chalari urush maydoniga aylandi

Fransiya hukumati qabul qilgan mexnat qonuni loyihasiga qarshilik ko’rsatgan namoyishchilar bir tomondan namoyishni tarqatishga harakat qilgan politsiya xodimlarining qattiqqo’l muomalasi bilan olishmoqda.

511669
Fransiya ko’chalari urush maydoniga aylandi

Fransiya hukumati qabul qilgan mexnat qonuni loyihasiga qarshilik ko’rsatish namoyishlari davom etmoqda.

Bu doirada Fransiya boylab 1 milliondan ortiq kishi namoyishlarda ishtirok etmoqda.  

Huddi ana shu namoychilardan bir bo’lagi kecha poytaxt Parijda, politsiya xodimlari bilan to’qnashdi.  

Voqea chog’ida 41 kishi tan jarohati oldi. Ulardan 24 nafari politsiya xodimlaridan ekanligi ma’lum bo’ldi. Undan tashqari esa 58 kishi nazorat ostiga olindi.

Politsiya xodimlarining qattiqqo’l muomalasiga qarshi namoyishchilar tosh, tayoq va molotov kokteylidan foydalandi.

Atrofdagi transportlar bilan binolar ziyon ko’rar ekan vitrin va bekatlardagi oynalarning sinib, atrofga sochilishi bilan poytaxt urush maydoniga aylandi.

Bosh vazir Manuel Valls, mexnat qonunining aslo bekor qilinmasligini takrorladi.

Valls, namoyishchilarni tarqashga va Umumiy ishchi kasaba soyuzini Parijda namoyish uyushtirmaslikga chaqirdi.

Lekin kasaba uyushmalari, 23-iyun kuni katta namoyish o’tkazish uchun tayyorgarlik ko’rmoqdalar.

Mazkur mojaroga sabab bo’lgan qonun loyihasiga ko’ra kundalik ish kuni soati cho’ziladi va mexnat shartnomasiga o’zgartirish kiritiladi.


Tanlangan kalimalar: #Fransiya , #namoyish , #mexnat qonun loyihasi

Aloqador xabarlar