Amerika terrorizmga qarshi kurash maqsadida Senegalga askar jo’natmoqchi...

Senegal Tashqi ishlar vaziri Mankeur Ndiaye ma'lum qilishicha, yaqinda ikki davlat o’rtasida mavzuga doir shartnoma imzolandi.

483160
Amerika terrorizmga qarshi kurash maqsadida Senegalga askar jo’natmoqchi...

Amerika Qo'shma Shtatlari terrorizmga qarshi kurash maqsadida Senegal davlatiga askar jo’natmoqchi.

Ikki davlat o’rtasida mavzuga doir shartnoma imzolandi.

Senegalning poytaxti Dakarda o’tkazilgan marosimda so’zga chiqqan Senegal Tashqi ishlar vaziri Mankeur Ndiaye: “Amerika ilk marta Sahro orti Afrikada joylashgan bir davlat bilan shartnoma tuzmoqda. Mazkur shartnoma natijasida ikki davlat o’rtasida xavfsizlik va mudofaa hamkorligi bo’yicha aloqalar rivojlanadi”,-dedi.

Mamlakatda quriladigan Amerika harbiy bazasi va askarlarining soni haqida ma’lumot bermagan Senegal Tashqi ishlar vaziri Mankeur Ndiaye, shartnoma muddati cheklanmasligini ma’lum qildi.

Ma'lum bo'lishicha, G’arbiy Afrikada joylashgan Fil Suyagi Qirgʻogʻi, Burkina Faso va Mali kabi davlatlarda yaqinda kuchli terrorchilik harakatlari sodir bo’ldi.

Fil Suyagi Qirgʻogʻida joylashgan Gran Basam dam olish maskanidagi 3 ta mehmonxonaga 13 mart kuni qurolli hujum uyushtirildi.

Islomiy Mag’rip Al-Qoidasi nomli terror tashkiloti tomonidan sodir qilingan hujumda 19 inson halok bo’ldi.

Bundan tashqari, joriy yilning yanvar oyida Burkiba Fasoning poytaxti Vagaduguda bir mehmonxonaga sodir qilingan terror hujumida 30 inson halok bo’ldi.

Malida 20 noyabr kuni poytaxt Bamakodagi bir mehmonxonaga sodir qilingan qurolli hujumda esa, 20 inson nobud bo’ldi.

Ushbu terrorchilik harakati Al-Qoida bilan aloqador bo’lgan Al-Murabitin terror tashkiloti bilan Majina ozodlik jabhasi tomonidan sodir qilingani aniqlandi.

 

 



Aloqador xabarlar