Turkiya, Qatar o'rtasida harbiy baza

Turkiya va Qatarda mushtarak harbiy baza quradi.

480710
Turkiya, Qatar o'rtasida harbiy baza

Turkiya, Qatarda harbiy baza quradi.

Ushbu kelishuv, Bosh Vazir Ahmet Davutog'lu rasmiy uchrashuvlar o'tkazgan Qatarda, Bosh Vazir Shayh Abdulloh bilan o'zaro va keyinchalik hayatlararo o'tkazgan uchrashulardan keyin tuzildi.

Turkiyaning do'stlarini yolg'iz qoldirmaganini ifoda etgan Ahmet Davutog'lu, Qatarning, Turkiyaga ishongani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Shartnoma, Yaqin sharqdagi bu nozuk jarayon inobatga olinganda, katta ahamiyatga ega.

Xalqaro terrorga qarshi kurash, mushtarak xavfsizlik va mintaqa davlatlaridagi siyosiy muvozanatsizlik, harbiy bazaning ahamiyatini yana ham orttirmoqda.

Qatardagi "Ko'p maqsadli" harbiy baza, to'liq faoliyatga o'tganda Turk askarlarining vazifaga boshlashi rejalanmoqda.

Bazada havo, dengiz unsurlari bilan mutaxassislar va tal'im beruvchilar joylashtiriladi.

Qatardagi harbiy baza asosan ta'lim va harbiy mashg'ulotlar uchun xizmat qiladi.

Shuningdek, Bosh Vazir Ahmet Davutog'lu, Qatardagi uchrashuvlari doirasida, bu o'lkada qo'shnu Turk harbiy kuchini ziyorat qilgandan keyin, Qatar Universitetida studentlar bilan uchrashdi.

Qatardahi Hamas Byuro Rahbari Halid Mashal bilan ko'rishgan Davutog'lu, keyinchalik Suriya Muxolifati Markaz Hay'at Rahbari Riyod Hijob bilan ko'rishdi.

Qatarda ikki kunlik ziyoratini yakunlagan Davutog'lu, kuni kecha Anqaraga qaytdi.

 

 



Aloqador xabarlar